24.03.2025 14:27
325
HAMAS AQShning qurollarni tashlash haqidagi talabini rad etdi
HAMASning yuqori martabali rasmiysi Hussam Badran Donald Trampning Yaqin Sharq boʻyicha maxsus vakili Stiv Vitkoffning Falastin harakatini demilitarizatsiya qilish zarurligi haqidagi soʻzlariga izoh berib, buni “bemaъnilik” deb atadi.
Uning aytishicha, isroil bosqini davom etar ekan, harakat oʻz qarshiliklarini toʻxtatmaydi. Hussam Badran, shuningdek, xalqaro huquq nuqtai nazaridan ham falastinliklarning sionistlarga qarshi turishi hech bir qonunga zid emasligini taъkidladi.
“Qarshilik haqida gapiradigan boʻlsak, bu Falastin xalqining qurolidir. Bu xalqaro qonunlar va konvensiyalar tomonidan kafolatlanganidek, falastinliklarning ishgʻolga qarshi kurashib, oʻz burchini ado etishidir”, degan Badran.