06.10.2025 10:10
102

Halabda Suriya armiyasi va kurd jangarilari oʻrtasida shiddatli toʻqnashuvlar yuz bermoqda



Halabning sharqiy qismida Suriya armiyasi boʻlinmalari bilan kurdlar koalitsiyasi – «Suriya demokratik kuchlari» (SDK) jangarilari oʻrtasida qonli toʻqnashuvlar davom etmoqda, deb xabar beradi Sham TV. Tomonlar oʻzaro artilleriya va raketa zarbalarini ham almashmoqda. Hukumat qoʻshinlari Halab, Rakka va Dayr-az-Zor viloyatlarida SDK nazoratidagi hududlarga olib boruvchi quruqlik yoʻllarini yopib qoʻygan. SDK esa Furot daryosi orqali oʻtish yoʻllarini berkitgan.

Gap shundaki, SDK va Suriyaning oʻtish davri hukumati oʻrtasida olib borilgan muzokaralar samarasiz yakunlandi. Muzokaralardan maqsad kurd qoʻshinlarini Suriyaning muntazam armiyasi tarkibiga qoʻshish va fuqarolik hamda harbiy obъektlarni Damashq nazoratiga topshirish edi. Ammo kelishuvga erishilmadi.

Kurd tomoni mamlakatning shimoliy-sharqida hududiy mustaqil boshqaruv tizimi joriy etilishini talab qilmoqda.

Mavzuga aloqador