11.02.2025 10:28

Google Xaritalarda Meksika koʻrfazi Amerika koʻrfaziga aylandi



Google Xaritalar xizmati AQSh foydalanuvchilari uchun Meksika koʻrfazini rasman "Amerika koʻrfazi" deb nomlay boshladi. The Verge https://www.theverge.com/news/609772/google-maps-gulf-of-america-rename-mexico nashrining xabar berishicha, bu oʻzgarish prezident Donalьd Tramp maъmuriyatining tegishli qaroriga asosan amalga oshirilgan.

Tramp 2025 yil 25 yanvarda Meksika koʻrfazining nomini "Amerika koʻrfazi" deb oʻzgartirish haqida farmon imzolagan. Shu asosda Google Xaritalarda AQShdan kiruvchi foydalanuvchilar uchun yangi nom aks eta boshladi. Meksikadagi foydalanuvchilar uchun esa koʻrfazning avvalgi nomi saqlanib qoladi, boshqa mamlakatlarda esa ikkala nom koʻrsatiladi.

Shuningdek, AQSh Federal Aviatsiya Maъmuriyati (FAA) ham mamlakat aviatsiya xaritalarida "Amerika koʻrfazi" nomidan foydalanishini maъlum qildi. Bundan tashqari, Alyaskadagi Denali choʻqqisi yana Mak-Kinli deb nomlanishi ham rejalashtirilgan.

Mavzuga aloqador