Google kompaniyasi va Saudiya Arabistoni Suveren jamgʻarmasi SAda intellektga yoʻnaltirilgan yangi maʻʻlumotlar markazini ochishni rejalashtirmoqda. Ushbu markazda arab tilidagi sunʻʻiy intellekt modellari va ilovalarini ishlab chiqish, ulardan neftʻ va tabiiy gaz ishlab chiqarishda faol foydalanish kutilmoqda.

Google texnologiya giganti Saudiya Arabistonida sunʻʻiy intellektga yoʻnaltirilgan yangi maʻʻlumotlar markazini ochadi.

Saudiya Arabistoni Suveren jamgʻarmasi va Google tomonidan eʻʻlon qilingan bayonotga koʻra, yangi sunʻʻiy intellekt markazi arab tilidagi sunʻʻiy intellekt  modellari va Saudiya Arabistoniga xos sunʻʻiy intellekt ilovalari boʻyicha tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlaydi.

Bayonotda ushbu tadqiqotlar tafsilotlari yoki maqsadlari aniqlanmagan. Biroq ishlanmalardan Saudiya Arabistoni iqtisodiyoti uchun neftʻ va tabiiy gaz ishlab chiqarish kabi muhim sohalarda foydalanish mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Aramco davlat neftʻ kompaniyasi oʻz faoliyatida allaqachon sunʻʻiy intellektdan foydalanmoqda. Maʻʻlum qilinishicha, sunʻʻiy intellekt ilovalaridan foydalanish Aramso neftʻ konlaridan birida ishlab chiqarish hajmini 15 foizga oshirishga yordam bergan.

Soʻnggi yillarda Saudiya Arabistoni oʻz iqtisodiyotini neftʻ va tabiiy gazdan diversifikatsiya qilishga intilmoqda. Ushbu tashabbuslarda texnologiyaga investitsiyalar muhim oʻrin tutadi.

 

Mavzuga aloqador