Germaniyaning Shimoliy Reyn-Vestfaliya viloyatida Solingen shahrining 650 yilligiga bagʻishlangan festival chogʻida nomaʻʻlum shaxs pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Hodisada uch kishi halok boʻldi, besh kishi ogʻir yaralangan. Hujumchi qochishga ulgurgan, hozirda u qidirilmoqda.

Germaniyaning Shimoliy Reyn-Vestfaliya viloyatida Solingen shahrining 650 yilligiga bagʻishlangan festival chogʻida nomaʻʻlum shaxs pichoq bilan odamlarga hujum qildi, deya xabar berdi Anadolu agentligi.

Nemis nashrlarining yozishicha, nomaʻʻlum shaxs odamlarga pichoq bilan hujum qilib, qochishga muvaffaq boʻlgan.

Mintaqaga koʻp sonli politsiya va tibbiy guruh yuborildi.

Vuppertal politsiya departamenti vakili Aleksandr Krestaning aytishicha, pichoqli hujum bilan bogʻliq qoʻngʻiroqlar mahalliy vaqt bilan soat 21:37 da kela boshlagan. Unga koʻra, hujum oqibatida 3 kishi halok boʻlgan.

Politsiya vakilining taʻʻkidlashicha, hujumchi qidirilmoqda va hozircha uning shaxsi haqida hech maʻʻlumotga ega emas.

SNN xabariga koʻra, hujum natijasida sakkiz kishi jarohatlangan, besh nafarining ahvoli ogʻir.

Solinger Tageblatt gazetasiga koʻra, hujum Solingen shahrining 650 yilligiga bagʻishlangan festivalda sodir boʻlgan, "Turlilik festivali" deb nomlangan bayram 25 avgust, yakshanba kuniga qadar davom etishi kutilgan edi. 

Mavzuga aloqador