Germaniyada ayol kishi kasalxonada odamlarni garovga oldi
Germaniyaning Aaxen shahrida 65 yoshli ayol kasalxonada odamlarni garovga oldi. Shifoxonada maxsus operatsiya oʻtkazilib, ayol qoʻlga olingan. Jinoyat sabablari hozircha maʻʻlum emas.
Germaniyaning
Aaxen shahrida dushanba kuni kechqurun qurolli jinoyatchi mahalliy kasalxonada
odamlarni garovga oldi.
Dastlabki
maʻʻlumotlarga koʻra, ayol shifoxonaga oʻz joniga qasd qilish maqsadida murojaat etgan,
biroq uning maqsadi va talablari haqida hech narsa maʻʻlum emas.
Aachener
Zeitung nashrining yozishicha, ayol toʻpponcha bilan kasalxonadagilarni qoʻrqitgan, shifoxona
xodimi uning qoʻlidan qurolni tortib olishga muvaffaq boʻlganidan soʻng, bemor
xonasiga qochib ketgan, soʻngra pirotexnika vositasini yoqib, yoʻlakka uloqtirgan.
Politsiya maʻʻlumotlariga koʻra, ayol joylashgan joy atrofidagi hududlar evakuatsiya
qilingan.
Politsiyaning
maxsus boʻlinmasi tomonidan oʻtkazilgan operatsiya vaqtida ayolga oʻq uzilgan va ogʻir
yaralangan.
Portlash
natijasida tutun chiqqani xabar qilingan. Qurbonlar haqida maʻʻlumot
berilmagan. Bemorlar va shifoxona xodimlari evakuatsiya qilingan.