Germaniya uchta shahridagi Eron konsulxonalarini yopdi
Germaniya Frankfurt-na-Mayn, Gamburg va Myunxendagi Eron konsulxonalarini yopishga qaror qildi. Bunga Germaniya va Eronning ikki fuqaroligiga ega boʻlgan Jamshid Sharmahdning Eronda qatl etilishi sabab boʻldi. Tehronga koʻra, konsulxonalarni yopish qarori Eron fuqarolari uchun asossiz qiyinchiliklar tugʻdiradi va ularning asosiy huquqlarini buzadi.
Germaniyaning
muvaqqat ishlar vakili Berlinning Eronning uchta konsulligini yopish haqidagi
qarori ortidan Eron Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi, Tehron fikricha, bu Eron
fuqarolarining konsullik xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini cheklaydi.
Eron TIV
vakilining taʻʻkidlashicha, Berlinning Germaniyadagi Islom Respublikasining
konsullik idoralari faoliyatini toʻxtatishga qaratilgan chorasi “oʻzini oqlamaydigan
harakatdir”. Uning soʻzlariga koʻra, Frankfurt-na-Mayn, Gamburg va
Myunxendagi Eron konsulliklari “Germaniyada yashovchi eronliklarga zarur konsullik
xizmatlarini koʻrsatish va ularning qabul qiluvchi davlatdagi manfaatlarini himoya
qilish” uchun tashkil etilgan. Uning taʻʻkidlashicha, konsulliklarning yopilishi Eron
fuqarolari uchun asossiz qiyinchiliklar tugʻdiradi va ularning asosiy huquqlarini
buzadi.
Konsulliklarni yopish toʻgʻrisidagi qaror Germaniya va Eronning
ikki fuqaroligiga ega boʻlgan Jamshid Sharmahdning Eronda qatl etilishi munosabati
bilan 31 oktyabrʻ kuni Germaniya tomonidan qabul qilingan. Sharmahd terrorchilik
faoliyatida, Markaziy razvedka boshqarmasi, FBI va Mossad kabi razvedka idoralari
bilan hamkorlik qilish hamda Eron
monarxiyasi bilan aloqada ayblangan.
U Qoʻshma
Shtatlarda yashagan, BAAda hibsga olingan va 2020 yilda razvedka operatsiyasi
davomida Eronga oʻtkazilgan. Sharmaxd 2023 yilda oʻlim jazosiga hukm
qilindi, bu Germaniyaning Tehrondan ikki diplomatini chaqirib olishiga sabab
boʻldi. Hukm 2024 yil aprelʻ oyida tasdiqlangan.
Konsulliklar yopilishi bilan Eronning Germaniyadagi diplomatik
faoliyati endi Berlindagi elchixona bilan cheklanadi, deb xabar beradi
interfax.ru.