Germaniya harbiy xizmatga chaqirishni tiklaydi
Germaniya umumiy harbiy majburiyatni qayta joriy etish istiqbollarini
muhokama qilmoqda. Mudofaa vazirligi boʻlim boshligʻi Boris Pistoriusga uchta
islohot variantini taqdim etdi. Mamlakatda bu amaliyot bundan 13 yil avval —
2011 yilda bekor qilingan edi.
Variantlardan birida ayollarni majburiy harbiy xizmatga jalb
etish taklif qilingan. Buning uchun Germaniya Konstitutsiyasiga oʻzgartirishlar
kiritish talab etiladi, biroq Mudofaa vazirligining fikricha, bu variant
jamoatchilik tomonidan maʻʻqullanishi mumkin.
Islohotning yana bir varianti faqat 18 yoshdan oshgan erkaklarni
harbiy xizmatga chaqirishni nazarda tutadi.
Uchinchi variant ishga olish kampaniyalarini oʻtkazish orqali
mavjud tizimni «optimallashtirish» ni oʻz ichiga oladi.
Pistorius uchinchi variantga qarshi chiqdi. Shu hafta Vashingtonga
safari chogʻida u "Germaniya harbiy xizmatga chaqirishning qandaydir shakliga
muhtoj ekanini" taʻʻkidladi.
Mamlakatda eng mashhur siyosatchi sifatida oʻrin olgan Germaniya
mudofaa vaziri avvalroq harbiy xizmatni toʻxtatish qarorini «xato» deb atagan
edi.
Muddatli harbiy xizmatni qayta tiklash nemis jamiyatining
qarishi bilan bogʻliq, yaʻʻni isteʻʻfoga chiqqan askarlar soni ularning oʻrnini
bosadigan chaqiruvchilar sonidan oshadi.
Berlin yaqinda oʻz qurolli kuchlari sonini hozirgi 180 mingdan
200 mingga oshirishni maqsad qilgan.