28.07.2025 13:11
133
Gʻazoga 73 ta gumanitar yordam yuk mashinasi kiritildi
Gʻazo sektoriga bosqinchi isroil tomonidan ruxsat berilganidan soʻng, atigi 73 ta insonparvarlik yordami ortilgan yuk mashinasi kiritilgan. Bu haqda Anadolu xabar berdi.
Maъlum qilinishicha, sektorga quruqlik orqali koʻplab davlatlar gumanitar yordam joʻnatgan. Ammo ularning baъzilari yoʻlda talon-toroj qilingan yoki sionistlar tomonidan anklavga kirishga ruxsat berilmagan.
Tahlilchilar, toʻsatdan Rafah nazorat-oʻtkazish punkti orqali Gʻazoga yordam olib kirishga ruxsat berilganini Misrdagi voqealar bilan bogʻlashmoqda. Xalqlarning Sisi rejimga qarshi shiorlar ayta boshlagani sionistlarni choʻchitib yuborgan boʻlishi mumkin. Zero, Misr ichida norozilik harakatlarining boshlanib ketishi AQSh boshchiligidagi yahudiy davlatining sheriklari uchun ham manfaatli emas.
"Bu – musulmonlarning vaziyatni oʻzgartirish va qamalni yorishga qodir ekanining eng katta isbotidir", deyiladi bu haqdagi izohlarda.