15.02.2025 07:56
257

Gʻazodagi qochqinlar lagerlarini suv bosdi

Gʻazodagi qochqinlar lagerlarini suv bosdi

Gʻazo fuqarolik mudofaasi vakili Mahmud Basalning maъlum qilishicha, kuchli yomgʻir va sovuq havo tufayli koʻchirilgan shaxslar yashaydigan oʻnlab chodir va vaqtinchalik boshpanalar suv ostida qolgan.

 Uning soʻzlariga koʻra, koʻplab chodirlar suvga toʻlgan, vaqtinchalik turar-joylar esa hatto oddiy ob-havo sharoitlaridan ham himoyalanmagan.

Ishonchli boshpanalarning yoʻqligi Gʻazoda oziq-ovqat, toza ichimlik suvi, dori-darmon va issiqlik taъminoti bilan bogʻliq muammolarni yanada kuchaytiradi.

Basal xalqaro hamjamiyatni zudlik bilan aralashib, Isroilni zarur insonparvarlik yordam yuklarini, xususan, suv oʻtkazmaydigan chodirlar va favqulodda yordam vositalari oʻtishi uchun cheklovlarni bekor qilishga majbur qilishga chaqirdi.

Isroil 18 yildan buyon Gʻazoni qamalda ushlab turibdi. 2023 yil oktyabridan boshlangan harbiy kampaniya natijasida 2,3 million aholining qariyb 2 millioni oʻz uylarini tark etishga majbur boʻldi.

Mavzuga aloqador