21.08.2025 11:27
44

Gʻazodagi genotsid uchun javobgarlik isroil va AQShning sionist hukumati zimmasida – HAMAS


Oldinroq, bosqinchi isroil mudofaa vaziri Gʻazoda "Gideon aravalari" deb nomlangan yangi operatsiya oʻtkazish uchun yana 60 mingga yaqin zaxiradagi askar jalb qilinayotganini maъlum qilgandi. Falastin qarshilik harakati HAMAS bunga oʻz munosabatini bildirdi.

 "Gideon aravalari" operatsiyasi – bu 22 oydan beri davom etayotgan urushdagi yangi eskalatsiyadir. Agressiya oʻt ochishni toʻxtatish va asirlarni almashish borasida vositachilarning saъy-harakatlarini bir chaqaga olmayapti. Netanьyaxu vositachilar takliflarini inkor etmoqda. Bu esa aynan uning har qanday kelishuvni istamasligini va oʻz asirlarini qaytarish niyati yoʻqligini isbotlaydi", deyiladi HAMAS bayonotida.

Bundan tashqari qarshilik harakati "Gideon aravalari" ham avvalgi operatsiyalar kabi magʻlubiyatga uchrashini taъkidlagan.

"Gʻazoni bosib olish oson ishmas. Biz vositachilarni bosqinchilarga bosim oʻtkazishga chaqiramiz, xalqimizga qarshi genotsid va ochlik siyosati toʻxtatilsin", deya qoʻshimcha qilgan HAMAS voizi.

Shuningdek, harakat Gʻazodagi vahshiyliklar uchun butun javobgarlik ishgʻol rejimi va AQShning sionist maъmuriyati zimmasiga yuklanishini bildirgan.

Mavzuga aloqador