03.06.2025 11:45
47

Gʻazoda buyrak kasalligiga chalinganlarning 41 foizi vafot etdi



WAFA maъlumotlariga koʻra, sionistlar tomonidan dializ markazlarining vayron qilinishi tufayli buyrak etishmovchiligiga chalingan falastinliklarning 41 foizi halok boʻlgan.

Gʻazodagi Falastin rasmiylari isroil armiyasining Gʻazodagi sogʻliqni saqlash markazlari va infratuzilmalarini ataylab nishonga olayotganini tez-tez taъkidlashmoqda.

Maъlumotlarga koʻra, bosqinchi isroil armiyasi 2023 yilning 7 oktyabridan buyon Gʻazodagi 164 ta sogʻliqni saqlash muassasasini nishonga olib, 81ta sogʻliqni saqlash markazi va 38 ta shifoxonani ishdan chiqargan va 144 ta tez yordam mashinasini yaroqsiz holga keltirgan.

Bosqinchi isroilning tibbiy yordam koʻrsatish markazlarini nishonga olishi sionistlar tomonidan har qanday insoniy huquqlarning toptalayotgani belgisidir.

Mavzuga aloqador