17.02.2025 15:15
Gʻazo sektorida: kunning eng muhim voqealari
Gʻazo sektorida: kunning eng muhim voqealari
Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy Sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida soʻnggi 24 soat davomida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvining 30-kuni. Bosqinchilar Rafahda gumanitar yordam olib ketayotgan politsiyachilarga qarata oʻt ochdi. 3 kishi halok boʻldi. Urush boshlanganidan buyon 47271 kishi shahid boʻldi.
▪️Gʻazo Sogʻliqni saqlash vazirligi: Sektordagi shifoxonalar oʻtkir kislorod tanqisligidan aziyat chekmoqda, bemorlarning hayoti xavf ostida.
▪️Gʻazo hukumati: Soʻnggi ikki kun ichida sektorga kirgan yordam yuk mashinalari kutilgan raqamning 30% dan oshmadi.
▪️Shifa kasalxonasi direktori: Ishgʻol toʻgʻridan-toʻgʻri qotilliklarni toʻxtatdi, lekin bilvosita qotilliklar davom etmoqda.
▪️Netanyaxu vayronalarni tozalash uchun Gʻazoga mobil uylar va ogʻir texnika etkazib berishdan bosh tortib, kelishuvni buzdi.
▪️Bosqinchilar Ofer qamoqxonasidagi mahbuslar kameralariga bostirib kirib, ularni shafqatsiz qiynoqlarga solishgan.
▪️Iordan daryosining gʻarbiy sohilidagi Jenin lagerini 27 kunlik qamalda ishgʻolchilar 470 ta uyni vayron qildi, 20 mingdan ortiq falastinlikni quvib chiqardi. Oxirgi 24 soat ichida 20 dan ortiq kishi, jumladan, maktab oʻquvchilari jabrlangan.
▪️Hizbulloh Bosh kotibi: Netanyaxu insoniyat genotsidini amalga oshira olmaganidan keyin Trampning Falastin haqidagi pozitsiyasi siyosiy genotsiddir.
▪️Ispaniya bosh vaziri: Biz Trampga falastinliklarni Gʻazodan chiqarib yuborishiga ruxsat bermaymiz. Hech bir koʻchmas mulk shartnomasi Gʻazo sektori guvohi boʻlgan yovuzlik, sharmandalik va insoniyatga qarshi jinoyatlarni yashira olmaydi.
▪️Hind Rajab jamgʻarmasi Belьgiyaga tashrifi oldidan Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saar ustidan XQMga shikoyat qildi.
▪️KFS va Pizza tarmoqlari Gʻazodagi urush paytidagi boykot tufayli Turkiyadagi 500 ta filialini yopdi.
▪️Livan Sogʻliqni saqlash vazirligi: Isroil bosqinchilari Livan janubidagi Hula shahridan ikki felьdsherni oʻgʻirlab ketishdi. Xuddi shu shaharda bosqinchilar yosh qizni oʻldirishdi.