09.05.2024 19:00

Gʻazo global mafkuraviy urushning markazi sifatida

Bunday institutlarning tepasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi va Xalqaro Sud turadi. 
Zamonamizdagi dunyo holati barbod boʻlgan olam tartibi tarafdorlariga foyda keltirish uchun yaratilgan boʻlib, bu ularga oʻz yoʻliga ega boʻlishga va oʻz qilmishlari uchun javobgarlikdan qutulishga imkon beradi.
Bu tizim nafaqat oʻrnatilgan tizimlar va qonunlarni masxara qilmoqda, balki butun jahon hamjamiyatining ham unga boʻlgan ishonchini pasaytirmoqda.
Zamonaviylik inqirozi
Keng yoyilgan xalqaro tartibning qudratli, boy va zoʻravon “otalari” uchun bir mezon toʻplami, ularning manipulyatsiya va zoʻravonlik taktikasi qurboniga aylanuvchi oddiy toifa vakillari uchun esa boshqa mezon toʻplami mavjud.
Agar yaqinroq qaraydigan boʻlsak, qadimiy va oʻrta asrlardagi ijtimoiy-siyosiy dinamikadan aslida deyarli hech narsa oʻzgarmaganini osongina ilgʻash mumkin. Bu birinchi navbatda quldorlik, keyin feodalizm va nihoyat liberal kapitalizm boʻlib, ularning barchasi zaif evolyutsion toʻsiqlarni yaratib, shunchaki avvalgidek ideallar va maqsadlarni ilgari surdilar va shunga oʻxshash "modi operandi"larga (biror narsani bajarishning muayyan uslubi) murojaat etdilar. 
Va agar siyosiy tizimlar va boshqaruv usullari haqida gapiradigan boʻlsak, bu birinchi navbatda mutlaq monarxiya, keyin oligarxiya va diktatura, nihoyat, xayoliy demokratiya boʻlib, bularning barchasi printsip jihatidan xuddi yuqoridagidek motivlar va intilishlarni olgʻa surgan ijtimoiy-siyosiy evolyutsion tuzumning qorongʻi alomat va ishoralarini takrorlaydi.
Bu shuni anglatadiki, asrlar osha na inson va na uning tartibga solish usullari oʻzgarmadi. Global jamoaviy xulq-atvor dinamikasidagi yanglish ifoda etilgan oʻzgarishlarni oydinlatishga qanaydir darajada harakat qilinsa-da, inkor etib boʻlmas haqiqat shuki, insoniyat taraqqiyoti, umuman olganda, qarama-qarshilik, bosqinchilik va hukmronlik moyilligi bilan bogʻliq boʻlib, koʻp yillik urushlar va xunrezliklarga sababchi boʻlib kelmoqda.
Sir emaski, zamonaviy inson va uning shovinistik jamiyatlarining fikr va xatti-harakatlarini boshqaradigan narsa jamoaviy qarama-qarshilik, moddiy yoki nomoddiy mustamlakachilik, psevdomadaniy va gʻayri-insoniy ishgʻol va relyativizmga asoslangan. 
Mafkuraviy noaniqlik va ekzistentsial (mavjudiy) ishonchsizlik davrida, yagona muomala vositasi - kuch ishlatish. Buning asosi institutsional topinishning yagona obʻʻekti boʻlgan moddaparastlikdir. Bu insonning istak mayllariga va muqaddasotga adovatli munosabatda boʻlib, oxir-oqibat oʻzi bilan kelajak hayoti uchun turtkining yagona manbai boʻlib xizmat qiladigan qadriyatlarni yoʻq qilib ommatan mavjudlikning qadrsizlanishiga sabab boʻladi. 
Ayni shu tarzda, globallashuv mafkuraviy jahon urushi uchun kurash maydoniga aylandi, bu erda gʻoyalar, dunyoqarashlar va tizimlarning keng doirasi muttasil ravishda bir-biri bilan oʻzaro ziddiyatda boʻladi, kurashadi. Na muhlat va na echimlarsiz, zamonaviy va postmodern davr eng qonli va shafqatsiz davrga aylandi. Moddiy taraqqiyot va tsivilizatsiya nomidan zamonaviy inson dunyo miqyosida notoʻgʻri va gʻayriaxloqiy xatti-harakatlar va buzgʻunchilik qilish usullarini takomillashtirib bordi va bormoqda. U ommaviy halokat agenti va ommaviy qotillik mashinasiga aylandi.
 Demak, XX va XIX asrning birinchi choragini odamzodning insoniyligi va uning tamaddun traektoriyasining choʻqqisi deb hisoblash xato boʻladi. Balki, bu davrni insoniyat ham, tsivilizatsiya ham shiddat bilan tanazzulga yuz tutgan va yoʻq boʻlib ketish yoqasiga yaqinlashib qolgan davr sifatida qarash maqsadga muvofiq. Sirasi, bu davrni yo zamonaviy ibtidoiylik yoki ibtidoiy modernizm davri deyish mumkin. 
Gʻazo fojiasi zamonaviy davr qonunbuzarliklarining timsoli sifatida
Umuman olganda, Falastin masalasi va xossatan, davom etayotgan Gʻazo inqirozi zamonaviy vaqtlarning zulmat qoplagan, qorongʻi tomonlarini ifodalaydi. Kontekstlar (siyoqlar) kuchliga qarshi kuchsiz, fozilga qarshi yovuz, nomusliga qarshi benomus va hurriyatga qarshi istibdodning jangga kirib, urushish maydoni boʻlib xizmat qilmoqda.
Aytish oʻrinli boʻladiki, Falastindagi jinoyatlarning bevosita sohiblari sionizmning shaytoniy millatchilik va siyosiy mafkurasini tamsil etuvchi sionistlardir. Institutsionallashgan Gʻarb va uning muhtasham tsivilizatsiyasining teng darajada shaytoniy qatlamlari ularni faol ravishda qoʻllab-quvvatlamoqda, orqalamoqda. 
Zamonaviy davrning barcha mafkuraviy va tsivilizatsiyaviy illatlari Falastinda ustunlik majmuasi va ijtimoiy-madaniy oʻziga xoslikdan tortib, imperializm, boʻysunish va gegemonlik tushunchalarigacha toʻla-toʻkis namoyon boʻldi.
Gʻarb va Isroilning itoatkor va erkatoy piyoda sifatidagi yolgʻonga asoslangan va ayyorona siyosati hukmi ostida boʻlgan Falastin erlari, u erdagi xalqning hayoti va umidlarining batamom va shafqatsiz bir tarzda yoʻq qilinishi, ayniqsa, XX asr boshidan beri dunyo sahnasidan arimay kelayotgan mislsiz fojia va dahshatlarni mujassam etadi.
Alaloqibat, Falastin mulki, hayoti, orzu-intilishlari va qadr-qimmati hech qanday ahamiyatga ega emas deb topildi, mutlaqo oyoqosti qilindi, qadrdan mahrum etildi. Gʻarbiy-Isroil yovuzlik oʻqining shaytoniy intilishlari bilan yonma-yon yashar ekan, Falastin mavjudligi savol ostida qolaveradi. Falastin eri va xalqi nom va yuzdan mahrum qoladi. Ular na muayyan bir shaxsiyatga ega va na nomga loyiq koʻriladi. 
Isroil va uning gʻarbdagi ittifoqchilari nazarida, Falastin xalqi sodir etgan eng katta “jinoyat” shundaki, ular mustamlakachilikning eng murakkab shaklini amalga oshirish yoʻlida toʻsqinlik qilmoqda. Bu yoʻlda ular jismoiy yoʻq qilinadi, xaritalardan, shuningdek, tarix yilnomalari va jamoaviy inson xotirasidan oʻchiriladi.  Yaʻʻni qaysidir maʻʻnoda - Falastin va Falastinliklar "notoʻgʻri" vaqtda "notoʻgʻri" makonda yashamoqdalar. 
Gʻazo va inson hayoti qadrining toptalishi
Gʻazodagi fojiali voqealiklar, garchi yurakni ranjitadigan, dilni xira qiladigan boʻlsa-da, ajratuvchi mezon ekanligini isbotlamoqda. Gʻazo boʻlgasi maydonida haqiqat yolgʻondan, madaniyat vahshiylikdan, aql-idrok telbalikdan, odamiylik yovuzlikdan aniq ajratilgan. Falastindagi insoniy qadr-qimmat va inson hayotining tabarrukligi tushunchalari sionistlar tomonidan oyoqosti qilib yuborildi. Sionistlar falastinliklar va ularning umumiy manfaatlariga zarracha eʻʻtibor bermadi. 
Yahudiylikning asosiy tamoyillaridan biri (eng kamida printsip jihatidan) - xuddi nasroniylik va islomdagi kabi - butun odamzod hayotining muqaddas ekanligidir, shunday ekan, bunday yovuz tafakkur va xulq-atvor ularda qanday mavjud boʻlishi mumkin, degan savol tugʻiladi kishida. Qudratli Tangrining ijodi oʻlaroq insoniylik din, irq va madaniyat parametrlaridan ustun turadi. U boshqa darajada ishlaydi, unda boshqacha qoidalar toʻplami mavjud. 
Odamlar turli dinlarga ergashishlari, turli etnik guruhlarga mansub boʻlishlari va turli xil ijtimoiy-madaniy meʻʻyorlarga rioya etishlari mumkin - bularning barchasi odamlar, er va butun koinotning Yaratuvchisi tomonidan oʻrnatilgan jismoniy va metafizik qonunlar bilan belgilab qoʻyilgan - ayni vaqtda bularning hech biri hech bir tarzda boshqa biriga, yaʻʻni farqli bir inson guruhlari fitrati va insoniyligiga singib ketgan qonunlarga daxl qilmaydi, aralashmaydi. 
Insoniylikning ayni shu jihatiga oʻzgacha eʻʻtibor qaratilgan. Dinimizda u eʻʻzozlanadi, tabarruk aylanadi, qadrlanadi. Shak-shubhasiz, ijodni hurmat qilish Yaratganni ulugʻlash bilan  barobar, uni tahqirlash esa Yaratganga nisbatan osiylik bilan tengdir. 
Inson hayotining muqaddasligi ekzistentsial umumbashariy qonuniyatdir
Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam bizga Alloh taolo Odam alayhissalomni insoniyatning otasi sifatida Oʻzining suratida yaratganini aytdilar (Sahih Muslim). Oʻz-oʻzidan maʻʻlumki, bu hadisni na toʻgʻridan-toʻgʻri va na insoniy atamalar bilan tushunishga hojat yoʻq, zotan "U zotga oʻxshash hech narsa yoʻqdir" (Shuaro surasi, 11 oyat), lekin ushbu hadis insonning eng goʻzal suratda yaratilgani (Tiyn surasi, 4 oyat) va hayotning paydo boʻlishidan boshlab, insoniyatga hayotning ontologik matritsasida va markazi boʻlgan borliqda maxsus maqom berilib, u bu erda oʻziga xos vazifani ado etishini taʻʻkidlaydi.
Shunday qilib, inson qadrining universalligi va hayotining muqaddasligi inkor etib boʻlmas haqiqatlar sirasidan. Bu umumbashariy qonuniyat insonning erdagi mavjudligi va Alloh taoloning Qurʻʻoni Karim orqali vahiy oʻlaroq yuborgan bildiriqlarining asosiy mazmunidir. Vahiy oʻsha qonuniyat uchun pirovard yoʻnalish va yoʻl koʻrsatuvchilik vazifasini bajaradi.
Inson hayotining daxlsizligi haqidagi mazkur qudratli qonun er yuzidagi birinchi inson va paygʻambar Odam Ato va uning xonadoni bilan bogʻliq voqealar paytidayoq ilk oʻrinlarga qoʻyilgan. Nima uchun? Chunki ular er yuzidagi birinchi odamlar oʻlaroq rioya etishlari lozim boʻlgan standartlarni belgilashlari kerak edi, ular avlodlar uchun mezon ishlab chiqishlari darkor edi.
 Qonun avlodlardan avlodlarga oʻtib kelaverdi, har bir paygʻambar davrida u qayta jonlandi, unga alohida eʻʻtibor qaratildi. Muhammad sollallohu alayhi vasallam soʻnggi risolat elchisi sifatida qonunning poydevorda qolishini va qiyomatga qadar oʻz qadri va ahamiyatini saqlab qolishini kafolatlab berdilar.

Mavzuga aloqador