18.01.2024 11:20

Gʻazo bombardimon qilinayotganiga 104 kun boʻldi: asosiy voqealar

Isroil tomonidan Gʻazo sektorida qatliom boshlanganiga 104 kun boʻldi. Oʻtgan kunning asosiy voqealarning qisqacha tafsiloti.

▪ Bosqinchilar Xon Yunisdagi Nosir kasalxonasi va Rafaks shahri atrofiga hujum qilishda davom etmoqda. Rafaxdagi bir uyga uyushtirilgan hujumlar natijasida, aksariyati ayollar va bolalardan iborat 19 nafar Zamili oilasi halok boʻldi.

▪ Urush boshlanganidan beri jami 24 448 kishi halok boʻldi, 61 504 kishi turli darajada jarohat oldi.

▪ Gʻarbiy Sohildagi Tulkarm shahrida bosqinchilar 26 soatdan ortiq vaqtdan beri falastinliklarni oʻldirish va hibsga olish uchun reydlarini davom ettirmoqda. 30 dan ortiq odam hibsga olingan.

▪ Nur Shams lagerida qarshilik jangarilari bronetransportyorni portlatib yubordi.

▪ Xusiylar Qizil dengizda Amerikaning “Ginko Pikardi” kemasiga hujum qildi. Avvalroq Yaman nafaqat Isroil, balki AQSh va Buyuk Britaniya kemalariga ham hujum qilishini bildirgan edi.

▪ BMT kecha 11 nafar falastinlik halok boʻlgan Gʻarbiy Sohildagi ishgʻolchilarning harakatlarini tekshirishga chaqirdi. "Falastinliklarning noqonuniy oʻldirilishiga chek qoʻyilishi kerak", - deyiladi bayonotda.

▪ Shu tunda AQSh va Buyuk Britaniya Yamanning Xodeyda, Taiz, Damar, Al-Bayda va Saada viloyatlariga zarbalar berdi.

▪ Suriyadagi Amerikaning Xemo bazasi bombardimon qilindi. Xabar qilinishicha, bazadan barcha harbiy xizmatchilar va shaxsiy tarkib – 350 kishi evakuatsiya qilinmoqda. “Xemo AQShning Suriyadagi strategik muhim bazalaridan biri boʻlib, Damashqdan 700 km uzoqlikda joylashgan.

Mavzuga aloqador