29.07.2024 10:41
2156
Frantsuzcha “dunyoviylik” asl yuzini koʻrsatdi yoxud biz kimga ergashyapmiz?
Parij-2024 olimpiya oʻyinlarining tantanali ochilish marosimi 26 iyulʻ kuni boʻlib oʻtdi. Unda namoyish etilgan sahna koʻrinishlari dunyoning esli-xushli insonlarini larzaga soldi.
Taniqli shaxslar, blogerlar, ommaviy axborot vositalari frantsuz tomoshalarini “jirkanch”, “didsiz”, “ahmoqona”, “haqiqiy axlat” deb baholadilar. Ushbu tomoshalar mavzuviy jihatdan oʻta jinsiylashtirilgani va xudoga shak keltirishga qaratilgani tufayli dunyo hamjamiyatining nafaratiga uchradi.
Maʻʻlumki ilk sahna koʻrinish tadbirning mazmun-mohiyatini, tashkilotchilarning gʻoyasi va qadriyatlarini oʻzida mujassam etadi. Esingizda boʻlsa, Qatarda oʻtkazilgan futbol boʻyicha jahon chempionatining ochilish marosimi Qurʻʻoni karimning turli millat va elatlarni oʻzaro hamjihatlikda yashashga chorlovchi oyatining tilovati bilan boshlangan edi. Darhaqiqat, chempionat davomidagi madaniy tadbirlar, tomoshalar, dekoratsiyalardan koʻzlangan asosiy maqsad, insonlarni islomiy qadriyatlar, oʻzaro ishonch, hurmat, anʻʻanaviy oila muhiti kabi goʻzal insoniy fazilatlarni targʻib qilishga bagʻishlangani maʻʻlum boʻldi. Qatar insoniyatga haqiqiy insoniylikni koʻrsatib bera oldi.
Parij ham oʻz insoniyatga frantsuzcha qadriyatlarni koʻrsata oldi. Xalqaro tadbirni jinsiy tarbiyasi buzuqligi bilan tanilgan uchlik ochib berdi. Hatto eng liberal gʻarb matbuoti ham Parij olimpiya oʻyinlarining ochilish marosimini “eng geylashtirilgan oʻyinlar” deb taʻʻkidladi. Hatto jinsiy buzuqlik tarafdorlarining oʻzi ham “Biz sahnadagi yosh bolalar atrofida xotinchalish erkaklar va yarim yalangʻoch genderchi aktivistlarni koʻrib koʻnglimiz aynidi” deb yozdi.
Sahnalarning haddan ziyod inklyuzivizm (bagʻrikenglik) bilan toʻldirilgani ham oddiy odamlarning gʻazabini uygʻotdi. Tabiati, jinsi va maʻʻnaviyati buzuq insonlar dunyoda oʻta oz boʻlishiga qaramay tadbir stsenariysining asosini shu jirkanch mavzu egallagani qolgan sof fitratli insonlarga nisbatan hurmatsizlik, deb baholaganlar ham boʻdi. “Biz ularni koʻrishga majburmizmi?” deb nolishdi.
Dunyoning eng boy tadbirkori Ilon Mask tomoshani “nasroniylarga nisbatan oʻta ketgan hurmatsizlik” deb baholadi. Bunga esa, nasroniylik eʻʻtiqodida Iso alayhissalom hayoti bilan bogʻliq muqaddas shiorlardan biri boʻlgan Soʻnggi bayram sahnasining jirkanch usulda namoyish etilishi boʻldi.
Frantsuz madaniyat vakillari Soʻnggi bayram voqeasi, yaʻʻni Iso alayhissalom va uning shogirdlarining dasturxon atrofidagi sahna koʻrinishini jinsiy buzuqlar, xotinchalish erkaklar, yarim yalangʻoch feminist aktivistlar va liberalizmning shunga oʻxshash jirkanch vakillari tomonidan qaytadan sahnalashtirdi.
Shundan soʻng, dunyo nasroniylari tomonidan Parij-2024 olimpiya oʻyinlarining ochilish marosimi sahnalari dindorlar va diniy eʻʻtiqodning mazah qilinishi sifatida qattiq qoralandi.
Mutaxassislar Qatar islomiy qadriyatlarni targʻib qilgan boʻlsa, Parij-2024 olimpiya oʻyinlarining ochilish marosimida frantsuzcha dunyoviylik gʻoyalari va qadriyatlari targʻib qilindi, deb baholashmoqda.
Frantsuzcha dinsiz dunyoviylikning ildizlari frantsuz radikallar tomonidan amalga Buyuk Frantsuz inqilobiga borib taqaladi. Oʻshanda respublikachi radikallar tomonidan hashamatga berilgan qirolicha Mari Antonettaning boshi chopilib, monarxiyaga barham berilgan, Birinchi Frantsuz respublikasiga asos solingan edi. Frantsuz konstitutsiyasini diniy ulamolarning juda ozchiligi yoqlab, asosiy dindor aholi tomonidan u rad etilgach, radikal inqilobchilar keskin yoʻldan, yaʻʻni dinni butkul siyosatdan ajratish yoʻlidan bordi. Frantsiyada diniy qadriyatlarning inobatga olinmasligi, jamiyatning radikal ravishda majburan dunyoviylashtirilishi oqibatida bugungi sahna koʻrinishlari vujudga keldi. Dinsiz qatlam orasida ham “frantsuzcha dunyoviylik - razillik” degan tushunchalar paydo boʻldi.
Parij-2024 olimpiya oʻyinlarining ochilish marosimida boshi uzilgan Mari Antonettaga alohida sahna koʻrinishining ajratilishi ham radikal dunyoviylikka asoslangan frantsuz qadriyatlarining ildizlarini koʻrsatib berdi.
Umuman olganda, Parij-2024 olimpiya oʻyinlarining ochilish marosimi sahnalari bexudo, beqadriyat va bezbet frantsuzcha “dunyoviylik”ning asl yuzini koʻrsatdi.
Bugun jamiyatimizda milliy qadriyatlarimizni tiklash, farzandlarimizni oʻzimizga xos boʻlgan insoniy fazilatlar, odob-axloq va gʻoyalar bilan tarbiyalash davlat darajasidagi muhim vazifalardan hisoblanadi. Milliy qadriyatlarimiz, madaniyatimiz esa diniy taʻʻlim-tarbiya bilan uzviy bogʻliqligi barchamizga maʻʻlum. Ana shunday holatda, yaʻʻni farzandlarimizni milliy va diniy qadriyatlar asosida tarbiyalash haqida soʻz borganda hukumat tomonidan turli toʻsiqlar paydo qilinmoqda. Ana shunday toʻsiqlardan biri sifatida diniy fonning ortishi mamlakatga iqtisodiy foyda keltirmasligi, balki barcha rivojlangan mamlakatlar “dunyoviy” davlat ekanligi, shu boisdan, gʻarbcha dunyoviylik yoʻlidan borishimiz toʻgʻri ekanligi taʻʻkidlanadi.
Darhaqiqat, bugun oʻzbek siyosatchilari orasida frantsuzcha dunyoviylikka ishqi ketganlar yoʻq emas. Umuman olganda, tahlilchilar tomonidan mamlakatimizda frantsuz radikal sekulyarizmini koʻr-koʻrona tadbiq qilinishi harakatlari kuzatilmoqda.
Masalan, Frantsuz konstitutsiyasining birinchi moddasida “Frantsiya ajralmas, dunyoviy, demokratik va ijtimoiy respublika” deb bayon qilingan. Oʻzbekistonning avvalgi konstitutsiyasining birinchi moddasida “Oʻzbekiston — suveren demokratik respublika” deb eʻʻtirof etilgan edi. Biroq, qabul qilingan yangi konstitutsiyada bu modda, huddi Frantsuz konstitutsiyasini takrorlagan holda “Oʻzbekiston — boshqaruvning respublika shakliga ega boʻlgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat.” deb bayon qilindi. Yaʻʻni mamlakatimizning Frantsiya kabi dunyoviy va ijtimoiy davlat ekani alohida koʻrsatib oʻtildi. Undan avval dunyoviy emasmidik, dunyoviylikka alohida urgʻu berish nima sababdan boʻldi?
Aynan, frantsuzcha konstitutsiyadagi gʻoyalarni olish, frantsuz gʻoyalarini olishni, frantsuzcha dunyoviylashishni anglatadimi? Buni vaqt koʻrsatadi.
Biroq, yuqori darajadagi oʻzbek siyosatchisining fikrlariga qaraydigan boʻlsak, bugun davlat siyosatimiz qoʻshtirnoq ichidagi juda katta olimlarning “odamlarga doʻzahga kirish-kirmaslik tanlovini oʻzlariga qoʻyib berish, kirsa oʻzi kiradi” degan gʻoyasi ortidan ketayotganini koʻrsatmoqda. Ushbu mafkura, yaʻʻni odamlarni diniy qadriyatlar va oʻlchovlarga koʻra razil va doʻzahga eltuvchi amallarni qilishga qoʻyib berish “jamiyat rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega” boʻlgan vazifalar sifatida koʻrilmoqda.
Zamonaviy oʻzbek siyosatchilari jamiyatning rivojlantirishning maʻʻnaviy razilliklarni qilishga qoʻyib berishdan boshqa yoʻlini bilmaydilarmi? Biz dunyoviy rivojlanish deganda frantsuzcha rivojlanish yoʻlidan boramizmi?
Umuman olganda, odamlarni razilliklarni qilishiga qoʻyib berish, milliy va diniy qadriyatlarni uyning ichiga qamash, jamiyatda inklyuziv (bagʻrikeng) muhitni yaratib, hamma razilliklar uchun keng imkoniyat yaratish, kerak boʻlsa, davlat tomonidan buni qoʻllab-quvvatlanishi jamiyat rivojlanishiga olib borishi hali tasdiqlanmagan.
Biroq, fanlararo tadqiqotlar jamiyatda buzuqlikning koʻpayishi mamlakat boshqaruvining izdan chiqishi, jamiyatda tarangliklar, muammolar va adolatsizliklarni keltirib chiqarishini, davlat va jamiyatni boshqarishdagi imkoniyat va resurslar iqtisodiy muammolardan koʻra, mayda bezoriliklarni echishga sarflab yuborib, baraka topmasligini taʻʻkidlaydilar.
Evropa uygʻonish davrining asoschilaridan biri boʻlgan ulugʻ nemis mutafakkiri Immanuil Kant davlat, jamiyat va insoniy munosabatlarning rivoji, insonning baxt-saodati haqida tafakkur qilib, faqat oxiratga ishonishgina insonlarni razil, qabih va halokatli ishlardan saqlab qoladi, demak insonlarda oxirat tushunchasi boʻlishi kerak, narigi dunyo tushunchasi boʻlishi uchun esa, Xudo bor boʻlishi kerak, demak xudo bor, degan oltin qoidani ilgari suradi.
Darhaqiqat, narigi dunyoni oʻylamay, faqatgina bu dunyo haqida qaygʻurgan frantsuzcha “dunyoviylik” bugun asl yuzini koʻrsatib qoʻydi. Xoʻsh, bizning xalqimiz dunyoviy davlatmiz deganda nimani nazarda tutgan edi? Milliy va diniy qadriyatlarni butkul inkor etadigan, “odamlarga doʻzahga kirish-kirmaslik tanlovini oʻzlariga qoʻyib beradigan” frantsuzcha dunyoviyliknimi, yoki asrlar davomida shakllanib kelgan insoniy fazilatlarmiz va odob-axloqimiz asosonlangan oʻzimizga xos dunyoviylikmi?
"Odamlardan baʻʻzilari “Ey Parvardigor, bizga mana shu dunyoda bergin”, deydi. Uning uchun oxiratda hech qanday nasiba yoʻq. Va ulardan baʻʻzilari: “Parvardigoro, bizga bu dunyoda ham, oxiratda ham yaxshilik ato qilgin va bizni doʻzah azobidan saqlagin”, deydilar. Ana oʻshalarga qilgan kasblarida nasiba bor. Alloh tez hisob qilguvchidir". (Baqara surasi, 200-201-oyatlar).
© Tarix va siyosat