03.09.2025 11:25
118
Frantsiya sudi Bashar Asadni hibsga olishga order berdi
Frantsiya sudi Suriya sobiq prezidenti Bashar Asad va uning atrofidagi sobiq olti nafar yuqori martabali shaxsni hibsga olish uchun xalqaro orderlar berdi.
France24 xabar berishicha, bu 2012 yil fevralida Suriyaning Xoms shahri bombardimon qilinishi boʻyicha olib borilayotgan tergov bilan bogʻliq. Mazkur hujumda 56 yoshli amerikalik jurnalist Meri Kolvin (The Sunday Times) va 28 yoshli frantsuz fotografi Remi Oshlik halok boʻlgan. Frantsiya hukumati buni insoniyatga qarshi jinoyat sifatida baholamoqda.
Bashar Asaddan tashqari orderlar uning ukasi – 4-zirhli diviziyani boshqargan Maher Asad, sobiq razvedka rahbari Ali Mamlyuk va armiya bosh shtabining sobiq boshligʻi Ali Ayubga ham berilgan. Bashar Asad 2000-yilda otasi Hafiz Asad vafotidan keyin hokimiyat tepasiga kelgan edi. U 2024-yil dekabrida hokimiyatdan agʻdarilgan, oilasi bilan mamlakatni tark etib, Rossiyada boshpana olgan.