Frantsiya oʻquvchilari Gʻazoda zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatishni talab qilib maktablarni toʻsib qoʻymoqchi
Frantsiya oʻrta maktab oʻquvchilari kasaba uyushmasi vitse-prezidenti Manes Nadel falastinliklarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida dushanba kuni "bir necha oʻnlab" muassasalarga kirish toʻsib qoʻyilishini maʻʻlum qildi. Mamlakat prezidenti Emmanuel Makron oʻquvchilarning ushbu qarorini qoraladi.
Frantsiya
oʻrta maktab oʻquvchilari kasaba uyushmasi vitse-prezidenti Manes Nadel 5 may,
yakshanba kuni BFMTV telekanalida falastinliklarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida shu
dushanba kuni "bir necha oʻnlab" muassasalar bloklanishini maʻʻlum qildi,
deya xabar bermoqda Yeni Şafak.
U barcha
yuqori sinf oʻquvchilarini choralar koʻrishga chaqirdi. "Asirlarni ozod qilishga
imkon yaratuvchi oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi kelishuvga erishilishi kerak.
Qurollar ovozini oʻchirishga majburlash va xalqaro huquq birinchi oʻringa chiqishi
shart. Ertadan boshlab oʻz oʻrta maktablaringizga kirishni toʻsib qoʻying", - deya
bayonot berdi u.
Mamlakat prezidenti Emmanuel Makron bu voqeadan unchalik ham
ilhomlanmadi, uning oʻrta maktab oʻquvchilarining qarori haqidagi soʻzlari:
“[Men
bu toʻsqinliklarni] eng qatʻʻiy ravishda [qoralayman]. Bahs-munozaralar boʻlishini
yoqlayman. Ammo oʻquv muassasasini u yoki bu siyosatni amalga oshirishga majburlash va
kirishni toʻsib qoʻyish, boshqa oʻquvchilarni ular yahudiy boʻlganlari uchun maʻʻruzalar
zaliga kirishini taqiqlash, bu – respublika emas. Bu oʻzaro hurmat, bagʻrikenglik,
antimetizm va irqchilikni qoralash emas”, - dedi u.