23.09.2025 12:05
249

Frantsiya Falastin davlatini tan oldi


Frantsiya BMT yigʻilishi arafasida Falastin davlatini tan oldi. Prezident Emmanuel Makron 22 sentyabrь kuni BMT qoshida, Frantsiya va Saudiya Arabistoni ishtirokida oʻtkazilgan Falastin muammosiga echim topish va “ikki davlat” formulasini amalga oshirishga bagʻishlangan xalqaro konferentsiyada tegishli bayonot bilan chiqdi.

Makron oʻz chiqishida 2023 yil 7 oktabr kuni HAMAS tomonidan amalga oshirilgan hujumlarni qoraladi. Lekin, u kech boʻlmasdan tinchlik oʻrnatilishi kerakligini aytdi.

“Kimdir aytadi, bu juda kech. Kimdir aytadi, bu juda erta. Ammo bitta haqiqat aniq – biz endi kutib turolmaymiz”, degan Makron.

Shuningdek, u Falastin davlatini tuzish boʻyicha berilgan vaъdalar bajarilmay qolganini eslatdi.

Maъlumot uchun, BMT tadbirida, shuningdek Lyuksemburg, Malьta, Monako va Belgiya ham Falastin davlatini tan oldi. Kanada, Britaniya, Portugaliya va Avstraliya 2 kun oldin Falastinni tan olgandi.

Mavzuga aloqador