13.03.2024 14:30

Financial Times: EI Misrga immigratsiyani cheklash uchun 7,4 mlrd evro ajratadi

Financial Times Evropa Ittifoqi Misrga 2027 yil oxirigacha 7,4 mlrd dollar ajratishga tayyorligini xabar qildi. Evropalik siyosatchilar Gʻazodagi mojaro Misr iqtisodiyotini qiyin ahvolga tushirishi, Sudandagi kelishmovchiliklar esa Shimoiy Afrika mamlakatidan Oʻrta dengiz orqali EI davlatlariga qochqinlar oqimini keltirib chiqarishdan xavotirda.

Evropa Ittifoqi Gʻazo va Sudandagi mojarolar Misrning moliyaviy ahvolini yomonlashtirishi va Evropaga migratsiya bosimining kuchayishi xavfidan xavotirda Shimoliy Afrika mamlakati iqtisodiyotini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan 7,4 milliard evrolik yordam paketini tayyorlamoqda. Bu haqda Financial Times gazetasining baʻʻzi manbalari xabar berdi.

Xabarga koʻra Evropa komissiyasi raisi Ursula fon der Leen yakshanba kuni Gretsiya, Italiya va Belʻgiya bosh vazirlari bilan birgalikda Qohiraga kelishuv boʻyicha tayyorgarlik koʻrish va bu haqda eʻʻlon qilish uchun boradi. Tayyorgarlik ishlarida ishtirok etgan Evropa rasmiysi kelishuv "muhim va strategik ahamiyatga ega" ekanligini aytgan.

Kelishuv Misr energetika sektorini qoʻllab-quvvatlash, Liviya bilan chegarani mustahkamlash va boshqalarga yoʻnaltiriladi. Nashrning qayd etishicha, Sudandagi mojarolar natijasida qochqinlarning Misrga oʻtishi, u erdan esa Liviyaga, soʻngra Oʻrta dengiz orqali Evropaga oʻtishidan xavotirlar kuchaygan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Gʻazodagi urush va Qizil dengizdagi vaziyat tufayli Misr funti 60 foizga qadrsizlangani, mamlakat iqtisodiyoti milliardlab dollarlik tushumdan mahrum qolayotgani haqida yozgan edik.

Mavzuga aloqador