15.05.2024 19:26

Falastin Nakba kuni. Bu kun nima uchun muhim?

Falastinliklar bugun – 15 may kuni 1948 yilgi Nakbaning 76 yilligini nishonlashmoqda.

Nakba nima? Bu – har yili 15 mayda nishonlanadigan kun.

Bu Falastinning vatani – tarixiy Falastinning vayron qilinganini va 1948 yilda Falastin aholisining ommaviy etnik tozalanishini anglatadi.

 Falastin xalqini tarixiy vatanidan etnik tozalash ancha oldinroq va bosqichma-bosqich boshlanganiga qaramay, 15 may Nakba kuni sifatida belgilandi. U 1947 yil oxirida boshlangan va 1949 yilgacha davom etgan.

 Biroq, etnik tozalash jarayoni hech qachon toʻxtamadi. Bu bosqichma-bosqich (shu bois ham sekin-astalik bilan qilingan genotsid deb yuritiladi) yoki ulgurji zoʻravonlik (1967 yil iyun urushi paytida xuddi shunday Naksa deb nomlanuvchi zoʻravonlik amalga oshirilgan) orqali sodir etildi.

 "Nakba" soʻzining oʻzi arabcha "falokat" degan maʻʻnoni anglatadi va falastinlik tarixchilar va boshqalar tomonidan ushbu tarixiy lahzaga ishora etish uchun ishlatiladigan atamadir.

 1948 yilda nima boʻlgan edi?

 1947-1949 yillar oraligʻida 750 000 dan ortiq falastinliklarning sionistik jangarilar tomonidan oʻz uylaridan majburan chiqarib yuborilishi natijasida ommaviy koʻchish sodir boʻldi.

 Baʻʻzi tarixchilar bu raqamni 800 000 dan ortiq deb aytishadi. Qanday boʻlishidan qatʻʻi nazar, oʻsha paytda tarixiy Falastinda yashovchi mahalliy falastinliklarning 80 foizi ommaviy surgun etildi.

 Bu davr mobaynida Isroil kuchlari 530 dan ortiq Falastin qishlogʻini vayron qildi va koʻplab qirgʻinlarni amalga oshirdi, buning natijasida taxminan 15 000 kishi halok boʻldi.

 Ular orasida Deyr Yasin qirgʻini, Tantura qirgʻini, Bayt Daras qirgʻini va boshqalar bor edi.

 Nakba natijasida Isroil tarixiy Falastinning 78 foiz qismini bosib oldi, yangi ishgʻol etilgan hududdan Isroil davlatini barpo etish uchun foydalandi.

 Bir vaqtlar birlashgan tarixiy Falastinning qolgan erlari hozirgi ishgʻol etilgan Gʻarbiy Sohil va Gʻazo sektoriga boʻlingan. Bu voqealardan soʻng falastinliklar  tomonidan majburan tashlab ketilgan uylar yahudiy koʻchmanchilarga berildi.

 1948 yilda haydalgan falastinliklar avlodlarining juda koʻp qismi bugungi kungacha qochqin boʻlib qolmoqda. Ularning millionlablari boshqa hududlarga koʻchib oʻtishgan yoki shatat – diasporada yashaydi.

 Hozirda olti millionga yaqin falastinlik qochqinlar mavjud boʻlib, ularning aksariyati hali ham haqiqiy qochqinlar lagerlarida yashamoqda.

 Al-Nakba al-Mustamirra

 Dastlabki Nakbadan beri 76 yil oʻtdi hamki, Isroil oilalarni koʻchirib va xalqaro qonunlarni buzgan holda, Falastin hududida noqonuniy yahudiy turar-joylarini qurishda davom etmoqda.

 Oʻz mulkidan mahrum boʻlish – Nakba bugungi kungacha davom etmoqda. Gʻazoda davom etayotgan Isroil genotsidi koʻpincha Nakbaga qiyoslanadi.

 Nakba haqida Falastin olimlari nima deydi?

 “Falastin nakbasining (halokat, xolokost) zamonaviy tarixda tengi yoʻq. Chet ellik ozchilik mamlakat aholisining koʻp qismini quvib chiqardi, ularning erlarini egallab oldi, rejalashtirilgan, qurollangan va chet eldan moliyaviy va siyosiy jihatdan qoʻllab-quvvatlanadigan harbiy kampaniya orqali ularning jismoniy va madaniy belgilarini yoʻq qildi”. – Doktor Salmon Abu Sitta, falastinlik tarixchi va Londondagi Falastin er jamiyati asoschisi va prezidenti.

 “Men uchun 1948 yilgi Nakba 75 yillik oʻz eridan, madaniyatidan, turmushidan mahrum boʻlishni anglatadi”. - Doktor Gada Karmi, Falastinlik muallif.

 “Falastinliklarning ozodlik umidining tarixiy tiklanishi asosan ularning jamoaviy sumudi va qarshiliklari tufaylidir. Ularsiz, Nakba sionist Isroil hisobiga koʻra boshlangan va tugagan boʻlar edi. Ammo Nakba endi bizniki”. – Doktor Ramzi Barud, falastinlik yozuvchi va The Palestine Chronicle muharriri.

Mavzuga aloqador