03.01.2024 14:26

Evropa Ittifoqi Kosovo bilan vizasiz rejim joriy qildi

1 yanvarʻ, dushanba kuni mustaqilligi qisman tan olingan Kosovo Respublikasi fuqarolariga Evropa Ittifoqi chegarasini vizasiz kesib oʻtishga ruxsat beruvchi qonun kuchga kirdi, deya xabar bermoqda Reuters.

Yangi tartibga koʻra, kosovoliklar Evropa Ittifoqida 90 kungacha qolishlari mumkin, shundan soʻng hech boʻlmaganda shuncha muddatga undan tashqariga chiqishlari kerak boʻladi.

Mamlakat hukumati vizasiz rejim joriy etilishini Kosovoni Evropa Ittifoqiga toʻliq qabul qilish yoʻlidagi navbatdagi qadam sifatida baholamoqda. Biroq Kosovo bilan vizasiz rejimni Evropa Ittifoqining mamlakatni haligacha Serbiyaning bir qismi deb hisoblovchi besh aʻʻzosi – Kipr, Gretsiya, Ruminiya, Slovakiya va Ispaniya qoʻllab-quvvatlamadi. Ular ushbu qaror migratsiyaning yangi toʻlqiniga olib kelishidan xavotir bildirmoqda.

1 yanvarʻ kuni Prishtina aeroportida mamlakat prezidenti Albin Kurti EIga vizasiz uchayotgan ilk kosovaliklar bilan koʻrishib, vatandoshlarini harakat erkinligini suiisteʻʻmol qilmaslikka va EIda ish topish uchun vizasiz rejimdan foydalanmaslikka chaqirdi.

Kosova 2008 yilda Serbiyadan mustaqil boʻlgan. Ammo Serbiya, Rossiya va Xitoy eʻʻtirozlari sababli haligacha BMT aʻʻzosi boʻlgani yoʻq. Bugungi kunda ushbu mamlakatni 110 dan ortiq davlat tan olgan. 1,8 mln dan ziyod aholisining 95,6 foizini musulmonlar tashkil etadi. Asosiy aholisi albanlar, serblar, loʻlilar va boshqalardan iborat.

Mavzuga aloqador