05.11.2024 14:52

Eronda toʻrt kishi qoʻporuvchilik tashkilotiga aʻʻzolikda gumonlanib oʻldirildi

Eronning Siston va Balujiston viloyatida terrorchilik tashkilotiga aʻʻzolikda gumon qilingan toʻrt kishi oʻldirilgani, yana olti kishi qoʻlga olingani maʻʻlum qilindi. Mamlakatning ushbu qismida asosan sunniy musulmonlar – balujlar yashaydi va ular Pokistondagi balujlar bilan mustaqillik uchun kurashib kelmoqda.

Eronning Siston va Balujiston viloyatida terrorchilik tashkilotiga aʻʻzolikda gumon qilingan toʻrt kishi oʻldirildi. Bu haqda Eron inqilob qoʻriqchilari korpusi vakili Ahmad Shafai xabar berdi.

Uning soʻzlariga koʻra, viloyat janubida oʻtkazilgan maxsus operatsiya davomida toʻrt nafar terrorchi yoʻq qilingan, yana olti nafari qoʻlga olingan. Bir hafta davomida jami sakkiz nafar jangari oʻldirilgan, oʻn toʻrt nafari qoʻlga olindi.

Shafai, shuningdek, Amerikada ishlab chiqarilgan koʻp sonli qurol-yarogʻ musodara qilingani haqida xabar berdi. Uning soʻzlariga koʻra, halok boʻlganlar orasida oʻn nafar eronlik askar halok boʻlgan chegarachilarga hujum ishtirokchilari ham bor.

Eslatib oʻtamiz, 26 oktyabrʻ kuni Siston va Balujiston viloyatining Tefton hududida nomaʻʻlum shaxslar chegarachilarga hujum qilgan edi. Hujum natijasida oʻn nafar askar halok boʻldi.

 

Mavzuga aloqador