14.05.2024 15:33

Eron sunniylar yashaydigan viloyatni 4 ta hududga boʻlmoqchi



Eron parlamenti mamlakat janubidagi sunniylar yashaydigan Siston va Balujiston viloyatini turli nomdagi 4 ta viloyatga boʻlish taklifini muhokama qilmoqda. Shuningdek, 10 million odamni koʻchirish hamda Siston va Balujiston qirgʻoqlarini boshqa viloyatlarga oʻtkazish masalalari ham koʻrib chiqilmoqda.


Bu haqda Baloch TG kanali xabar berdi. (https://t.me/rasadbalochistan/34549) 

Taʻʻkidlanishicha, bunga qoʻshimcha ravishda "10 million odamni koʻchirish" hamda Siston va Balujiston qirgʻoqlarini boshqa viloyatlarga oʻtkazish masalalari koʻrib chiqilmoqda.

Balujlar buni “Balujiston qirgʻoqlarini bosib olish” deb atashmoqda va “ularning mavjudligiga xavf tugʻdirishidan" xavotirda. Manba (https://t.me/rasadbalochistan/34554)ning yozishicha, soʻnggi paytlarda Balujiston qirgʻoqlarining barcha qismlarida qurilayotgan yirik aholi punktlari soni keskin koʻpaygan.

Taʻʻkidlash joizki, sunniy balujlar istiqomat qiladigan Siston va Balujiston viloyati Erondagi eng yirik norozilik markazi boʻlib, tez-tez aksilhukumat namoyishlari va xavfsizlik kuchlariga qarshi toʻqnashuvlar bilan ajralib turadi.

Mavzuga aloqador