03.01.2024 16:32

Eronda Sulaymoniy dafn etilgan qabriston yaqinida portlash yuz berdi

Eronda general Sulaymoniy dafn etilgan qabriston yaqinidagi portlashda eng kamida 73 kishi halok boʻldi, 170 kishi jarohatlandi.

Eronning Kirmon shahrida general Qosim Sulaymoniy dafn etilgan qabristonga olib boruvchi yoʻlda portlash sodir boʻldi, deb xabar bermoqda IRNA.

“Hozirda Kermandagi terakt oqibatida 73 kishi halok boʻldi, 170 kishi jarohat oldi”, — deyiladi xabarda.

Mahalliy hukumat portlashlarni terakt deb atadi.

Eronning Tasnim davlat agentligiga koʻra, Kermandagi qabristondagi Gulzor maqbarasi binosiga kiraverishda bomba solingan ikkita qop tashlab ketilgan va ular masofaviy moslama yordamida portlatilgan boʻlishi mumkin.

2020 yil 3 yanvarga oʻtar kechasi AQSh Bagʻdodda Eron maxsus kuchlari qoʻmondoni Qosim Sulaymoniy va Iroq shia militsiyasi rahbari oʻrinbosari Abu Mahdi al-Muhandisni yoʻq qilish boʻyicha operatsiya oʻtkazgandi. Vashington ularni 2019 yil 31 dekabrʻ kuni Bagʻdoddagi Amerika elchixonasiga hujum uyushtirishga aloqador deb hisoblaydi.

Bunga javoban Eron Amerikaning Iroqdagi bazalariga, jumladan Ayn al-Assadga zarba berdi. Dastlab AQShning oʻsha paytdagi prezidenti Donalʻd Tramp va Pentagon rasmiylari hujumdan keyin qurbonlar yoʻqligini maʻʻlum qildi. Keyinroq harbiylar yaradorlar borligini tan olishga majbur boʻldi. 

Mavzuga aloqador