11.06.2025 07:30
173
Eronda itlarni koʻchada sayr qildirish taqiqlandi
Eron hukumati itlarni koʻchada sayr qildirib yurish taqiqlangan shaharlar roʻyxatini kengaytirmoqda. Bunday taqiq allaqachon mamlakatning kamida 18 ta shahrida joriy etilgan.
Qayd etilishicha, 2019 yildayoq Tehronda itlarni sayr qildirish va hatto ularni shaxsiy transportda tashish taqiqi joriy etilgandi. Bunga boʻysunmaganlar jarimaga tortiladi, ayrim shaharlarda esa it tashilgan avtomobil musodara qilinadi.
Shunga qaramay, Eronda itlarni sayr qildirishni taqiqlaydigan umumiy milliy qonun yoʻq. Hukumat oʻz farmonlarida Jinoyat kodeksi va mamlakat Konstitutsiyasining turli moddalariga, jumladan, jamoatchilik axloqi, aholi salomatligiga tahdid va boshqalarga zarar etkazishga oid moddalarga havola beryapti.
Maъlumot uchun, 1979 yilgi Islom inqilobidan beri Eronda itlar rasman nopok hayvonlar hisoblanib, Gʻarb taъsirining ramzi sifatida qabul qilingan. 2010 yildan boshlab mamlakatda uy hayvonlari mahsulotlarini reklama qilish taqiqlangan, 2014 yilda esa deputatlar hatto itini sayrga olib chiqqanlar uchun jarima va ommaviy kaltaklashni joriy etishni taklif qilishgan, biroq oʻsha paytda qonun loyihasi qabul qilinmagan edi.