03.08.2024 16:34

Eronda Ismoil Haniya oʻlimidan soʻng bir necha oʻnlab shaxslar hibsga olindi

Eron huquq-tartibot organlari xodimlari HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya oʻlimi boʻyicha tergov doirasida bir necha oʻnlab kishilar, jumladan, mamlakat razvedka xizmatining yuqori martabali amaldorlarini hibsga oldi, deb yozmoqda The New York Times.

Eron huquq-tartibot idoralari xodimlari HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaning oʻldirilishi boʻyicha tergov doirasida bir necha oʻnlab kishilarni hibsga oldi, deb yozadi The New York Times ism-sharifi oshkor etilmagan manbalarga tayanib.

Qayd etilishicha, hibsga olishlar, xususan, yuqori martabali razvedka xodimlariga taʻʻsir koʻrsatgan.

Avvalroq Livanning Hizbulloh harakati bosh kotibi Shayx Hasan Nasrulloh aynan Eron poytaxtida HAMAS etakchilaridan birini oʻldirish Isroil tomonidan “halokatli xato” boʻlganini, endi qarshilik oʻqi “qattiq qoʻshma javob” qaytarishini taʻʻkidladi.

Ayni vaqtda, Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi (IIQK) tergovning oraliq natijalarini eʻʻlon qildi. Tergovchilar Isroil xavfsizlik kuchlari AQSh koʻmagida falastinlik siyosatchining qarorgohiga ogʻirligi qariyb 7 kg boʻlgan jangovar kallakli qisqa masofali raketani otgan degan xulosaga kelishdi.

Ismoil Haniya kecha Qatar poytaxti Doha chekkasida dafn qilindi. 

Mavzuga aloqador