05.12.2024 11:45

Eronda islomiy kiyinish qoidalarini buzgan ayollarga jazo kuchaytirildi


Eron prezidenti mamlakatda ayollarning nafaqat sochlari, balki bilak va boʻyinlarini ham ochib yurishni taqiqlovchi qonunni imzolash arafasida. Qoidabuzarlar va yangi qonunni tanqid qilganlar 155 evrogacha jarimaga tortiladi. Bu haqda xabar bermagan taksichi yoki turar joy majmualari rahbarlari yanada koʻproq miqdorda jarima toʻlashlari mumkin.

Eron prezidenti Masud Pezeshkian mamlakatda ayollarning islomiy qonun-qoidalarga zid ravishda kiyinishini taqiqlovchi qonunni imzolash arafasida. Bu haqda Iran News Update nashri xabar bermoqda. Yangi qoidalar nafaqat sochlarni koʻrsatishni taqiqlaydi, balki boʻyin, bilaklar yoki toʻpiqlarni berkitish majburiyatini ham yuklaydi.

Birinchi qoidabuzarlik uchun ayol 155 evro miqdorida jarima toʻlaydi. Agar qoidabuzarlik takrorlansa, jarima sezilarli darajada oshishi mumkin.

Jarimaga qarshi tanqid yoki norozilik qoʻshimcha jarima jazosini yuklaydi, unga koʻra qoidabuzar 155 evrogacha pul toʻlashi shart. 9 yoshdan boshlab roʻmol taqish majburiydir. Agar voyaga etmagan qiz qonunni buzsa, ota-ona javobgarlikka tortiladi va qizga nisabatan “tarbiyaviy choralar” koʻriladi.

Taksi haydovchilari qoidabuzarliklar haqida xabar berishi, turar-joy majmualari rahbarlari esa hijobsiz ayollarning videolarini tegishli rasmiylarga uzatishi shart. Ushbu majburiyatni bajarmaganlar 339 evrogacha jarima toʻlaydi.

Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi qonunda koʻzda tutilmagan jazolarni ham qoʻllamoqda. Jumladan, yaqinda eronlik faol Masih Alinejad koʻchada yalangʻoch yurgani uchun 74 darra kaltaklangan.

Mavzuga aloqador