07.10.2025 14:31
1682

Eronda ayollar uchun hijob oʻrash majburiyati bekor qilindi

Eronda ayollar uchun hijob oʻrash majburiyati bekor qilindi

Eronda majburiy hijob oʻrash qoidasi bekor qilindi - endi bu har bir ayolning shaxsiy tanlovi sifatida belgilanmoqda. Mavjud hujjatlarning maqsadga muvofiqligini tekshirish boʻyicha kengash aъzosi Muhammadrizo Baxoner "Iffat toʻgʻrisida"gi qonun endi yoʻqligini maъlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, bu qoida endi yuridik majburiyat hisoblanmaydi.

Politsiyaga hijobsiz ayollarga nisbatan jarima va boshqa jazolar yoki cheklovlar qoʻllanilmasligi haqida xabar berilgan. Fuqarolar huquqlari buzilganligi haqida ishonch telefoniga xabar berishlari mumkin.

Eslatib oʻtamizki, bayonot uzoq yillik qarshiliklardan soʻng eъlon qilindi. Xususan, 2022 yilda "axloq politsiyasi" tomonidan notoʻgʻri hijob kiygani aniqlangan 22 yoshli Mahsa Amini hibsga olinib, vafot etganidan keyin ayollar huquqlari uchun ommaviy norozilik namoyishlari boshlangandi. 

Mavzuga aloqador