16.06.2025 15:58
142

Eron yadroviy qurol ishlab chiqarish uchun yana bir qadam tashladi



Eron yadroviy qurollarni tarqatmaslik toʻgʻrisidagi shartnomadan chiqish uchun harakatni boshladi. Rasmiy Tehron bu haqdagi qarorini Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE)ga ham bildirgan. Bu orqali fors davlati yadroviy qurol ishlab chiqarish yoʻlidagi birinchi qadamini tashladi.

Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Ismoil Bekayi oʻz bayonotida mamlakat parlamenti yadroviy qurollarni tarqatmaslik toʻgʻrisidagi bitimdan chiqish boʻyicha qonun loyihasini tayyorlayotganini maъlum qildi.

 Bekayi davlat telekanalidagi chiqishida: “Hozirgi vaziyatda qabul qilinishi kerak boʻlgan eng kam chora bunday bitimlardan chiqishdir”, degan.

Kuni kecha Eron rahbariyati MAGATE bilan hamkorlikni tugatganini eъlon qildi. Tehron tashkilotni isroilga Eronning yadroviy dasturi haqidagi maъlumotlarni etkazayotganlikda ayblamoqda.

Ayni paytda Eronning yadroviy qurol ishlab chiqarish darajasida uranni boyitishi isroil uchun allaqachon urush sababi sifatida koʻrilyapti.

Eron bu boyitishlar faqat fuqarolik maqsadlarda amalga oshirilayotganini aytgan. Ammo AQSh va isroil bosimni toʻxtatmoqchi emas.

Shartnomadan chiqish qarori esa, yadroviy qurol ishlab chiqarish yoʻlidagi ilk rasmiy qadam sifatida baholanmoqda.

Mavzuga aloqador