Eron va Misr 44 yil oʻtib diplomatik aloqalarni tiklash niyatida
Ikki davlat oʻrtasidagi aloqalar 1979 yilda uzilgan edi.
Tehron va
Qohira 40 yildan ortiq davom etgan keskin munosabatlardan soʻng diplomatik
munosabatlarni tiklashga umid qilmoqda, deb yozadi Eron matbuoti.
“Hozirgacha
olib borilgan muzokaralar istiqbolli boʻldi. Ikkala davlat ham oʻzaro
kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun yaxshi yoʻldan bormoqda va tez orada yangi
diplomatik sahifa ochishni rejalashtirmoqda. Aloqalarni tiklash nafaqat ikki
davlatga, balki butun islom olamiga, ayniqsa Gʻazodagi hozirgi mojaro fonida
falastinliklarga foyda keltiradi”, - deya taʻʻkidladi Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Nasir Kanani.
Oʻz
navbatida, Misr TIV rasmiy vakili Ahmad Abu Zayd mamlakat tashqi ishlar vaziri
Samix Shukriy eronlik hamkasbiga qoʻngʻiroq qilgani, suhbat chogʻida Gʻazodagi vaziyat
hamda ikki tomonlama masalalar muhokamasi davom ettirilganini maʻʻlum qildi.
Ikki
davlat oʻrtasidagi mustahkam aloqalar 1980 yilda, Eronda Islom inqilobi gʻalaba
qozongani, Misrning Isroilni tan olganidan koʻp oʻtmay uzilgan. Shu tariqa Misr
Eronda elchixonasi boʻlmagan yagona arab davlatiga aylandi. Misrning 1979 yilda
Isroil bilan Kemp-Devid kelishuvini imzolashi, Eron-Iroq urushi (1980-1988)
davrida Misrning Iroqni qoʻllab-quvvatlashi, Misr prezidenti Anvar Sadat qotili
Xalid Islambulining Eronda ulugʻlanishi va qahramon sifatida eʻʻtirof etilishi,
Misrning AQSh va aksariyat Gʻarbiy Evropa davlatlari bilan yaqin aloqalari ikki
davlat oʻrtasidagi kelishmovchiliklarning asosiy sabablari hisoblanadi.
2007
yildan buyon Eron va Misr oʻrtasidagi munosabatlarda, asosan, savdo va diplomatik
saʻʻy-harakatlar tufayli biroz iliqlik kuzatilmoqda. 2008-2009 yillarda
Isroil Gʻazo sektorida harbiy operatsiya oʻtkazganida, Eron va Misr siyosatchilari
mojaroning kuchayishi munosabati bilan harakatsizlikda ayblashdi. Umuman olganda,
2012 yil fevralida prezident Husni Muborakning isteʻʻfoga chiqishiga sabab boʻlgan
Misrdagi inqilobgacha Eron va Misr oʻrtasidagi munosabatlarda sezilarli yaxshilanish
kuzatilmadi. Shu yilning aprelʻ oyida Eron Misrga elchi tayinladi. Avgust oyida
Misrning yangi prezidenti Muhammad Mursiy Eronga tashrif buyurdi va mamlakatlar
oʻrtasidagi ikki tomonlama diplomatik munosabatlarni tiklash qarori qabul
qilindi. Koʻp yillar davomida birinchi marta Misrning Erondagi elchisi tayinlandi.
Garchi mamlakatlar oʻrtasidagi munosabatlar izchil yaxshilanayotgan boʻlsa-da, haligacha koʻplab hal
etilmagan muammolar mavjud boʻlib, munosabatlarning keyingi rivojlanishi shubha
ostida qolmoqda. Bu muammolarning salmoqli qismi Saudiya Arabistoni va Gʻarb
davlatlari kabi uchinchi davlatlar bilan aloqalar bilan bogʻliq.