Eron Saudiya Arabistoni va Pokiston oʻrtasida tuzilgan mudofaa paktiga qoʻshilmoqchi
Eron oliy rahnamosining bosh harbiy maslahatchisi general-leytenant Yahyo Rahim Safaviy fors davlati ham Saudiya Arabistoni va Pokiston oʻrtasida tuzilgan mudofaa paktiga qoʻshilishi kerakligini bildirdi.
«Biz ushbu shartnomani ijobiy baholaymiz. Pokiston boshqa davlatlar ham unga qoʻshilishi mumkinligini aytdi va men Eronni ham ushbu bitim ishtirokchisi boʻlishga chaqiraman. Eron, Saudiya Arabistoni, Pokiston va Iroq birgalikda kollektiv shartnoma imzolashi mumkin. Agar Saudiya va Pokiston bunday kelishuvni AQSh roziligisiz imzolamasa ham, biz mintaqaviy davlat sifatida oʻz istagimizni maъlum qilishimiz kerak», degan Safaviy.
Maъlumot uchun, Saudiya Arabistoni va Pokiston oʻrtasida 17 sentyabrda imzolangan shartnoma ikki davlatdan biriga qilingan har qanday tajovuzga birgalikda javob qaytarishni nazarda tutadi.