10.10.2024 13:10

Eron mudofaa doktrinasini yadroviyga oʻzgartirmoqchi

Yaqin Sharq mintaqasining istalgan nuqtasiga jangovar kallaklarni etkazib beruvchi samarali vositalariga ega Eron rasman yadroviy davlatga aylanishga tayyorlanmoqda. Eron parlamentining 39 nafar deputati Milliy xavfsizlik oliy kengashiga hozirda yadro qurolini yaratishni taqiqlovchi milliy mudofaa doktrinasiga oʻzgartirish kiritish taklifi bilan murojaat qildi.

Eron parlamentining 39 nafar deputati Milliy xavfsizlik oliy kengashiga hozirda yadro qurolini yaratishni taqiqlovchi milliy mudofaa doktrinasiga oʻzgartirish kiritish taklifi bilan murojaat qildi, deya xabar bermoqda TRT.

Maktub tashabbuskori deputat Hasanali Axlakiy Amiriy bu taklifni Isroilning mintaqadagi harakatlari jazosiz qolgani va Eron mudofaa qobiliyatini mustahkamlash zarurati bilan izohladi.

“Bugun hech bir xalqaro tashkilot, hatto Evropa va Amerika davlatlari sionistik rejimni nazorat qila olmaydi, shuning uchun bu yolgʻonchi rejim har qanday jinoyatga qoʻl urmoqda. Shunga asoslanib, 39 nafar parlamentariy Milliy xavfsizlik oliy kengashiga maktub yozib, kengashni Eron mudofaa doktrinasini qayta koʻrib chiqishni taklif qildi”, deb tushuntirdi deputat.

Yillar davomida Eron oliy rahnamo Ali Xomanaiyning qurollarni islom tamoyillariga zid deb hisoblagan fatvosiga amal qilib, yadroviy qurol ishlab chiqarishni taqiqlab kelmoqda. 

Mavzuga aloqador