05.12.2023 21:31

AQSh Qizil dengizdagi hujumlarda Eron javobgar deb hisoblamoqda

AQSh Milliy xavfsizlik maslahatchisi Jeyk Sallivan Oq uyda oʻtkazilgan matbuot anjumanida Qizil dengizdagi tijoriy kemalarga uyushtirilgan hujumlarda Eron javobgar ekanini maʻʻlum qildi.
AQShning boshqa davlatlar bilan birgalikda yangi hujumlarning oldini olish maqsadida "dengiz xavfsizlik kuchlari"ni yaratish rejasi haqida maʻʻlum qilgan Sallivan: "Boshqalar bilan maslahatlashgan holda tegishli qadamlarni tashlaymiz hamda buni oʻzimiz tanlagan vaqt va joyda qilamiz", dedi.
Sallivan AQSh harbiy-dengiz kuchlarining USS Carney esminetsi Qizil dengiz janubidagi tijoriy kemalarning yordam chaqirigʻiga javoban ularga koʻmak koʻrsatar ekan, oʻzi tomon harakatlanib kelayotgan 3 ta uchuvchisiz uchish apparati (dron)ni urib tushirganini qoʻshimcha qildi.
AQSh Markaziy Qoʻmondonligi (CENTCOM) Qizil dengiz janubidagi xalqaro suvlarda 3 ta tijoriy kemasiga 4 marotaba hujum uyushtirilganini bildirdi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Yaman harbiy dengiz kuchlari Buyuk Britaniyaning Unity Explorer kemasiga raketalar, Isroilga tegishli kompaniyaga ijaraga berilgan kema Number Nine kemasiga esa dronlar yordamida hujum qilgani aytilgandi. 20 noyabrʻ kuni esa Isroilga tegishli Galaxy Leader yuk kemasi qoʻlga olingan, unga ortilgan 5 ming dona elektromobilʻ oʻlja sifatida qoʻlga kiritilgan edi.