Pentagon: Eron Hind okeanida tijorat kemasiga dron bilan hujum uyushtirdi
AQSh Hindiston yaqinida tijorat kemasiga dron hujumida Eronni ayblamoqda.
AQSh
Mudofaa vazirligi (Pentagon) Hind okeanida harakatlanayotgan kimyoviy yuk ortilgan
tanker Erondan uchirilgan dron hujumiga uchraganini maʻʻlum qildi.
Pentagonning
Anadolu axborot agentligiga maʻʻlum qilishacha, "Yaponlarning Liberiya bayrogʻi
ostida suzadigan hamda Gollandiya tomonidan boshqariladigan Chem Pluto kemasiga
Hind okeanida, Hindiston qirgʻoqlaridan 370 kilometr masofada hujum qilingan.
Bayonotga koʻra, hujum Erondan uchirilgan bir yoʻnalishli hujumchi
uchuvchisiz uchish uskunasi
(dron) bilan amalga oshirilgan va hodisada qurbonlar boʻlmagan, tankerdagi
yongʻin oʻchirilgan.
Bayonotda hujum chogʻida yaqin atrofda AQSh dengiz floti kemasi
boʻlmagani va AQSh dengiz kuchlari markaziy qoʻmondonligi (CENTCOM) Hindistondagi
manziliga qarab davom etayotgan kema bilan aloqani davom ettirgani qayd etildi.
Eron hujum haqida hech qanday izoh bermagan boʻlsa-da, Ambrey dengiz xavfsizligi kompaniyasi tankerning
Saudiya Arabistonidan Hindistonga ketgani va Isroil bilan aloqasi borligi
haqidagi maʻʻlumotni BBC
bilan oʻrtoqlashgan.
Qayd
etilishicha, bu Eronning 2021 yildan beri tijoriy yuk tashishga ettinchi, Gʻazodagi urushdan buyon birinchi
hujumi.
Isroilning 7 oktyabrdan beri blokadadagi Gʻazo sektoriga davom
etayotgan hujumlariga javoban Yamandagi Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlangan
husiylar Qizil dengizdagi Isroil kemalarini nishonga olishlari mumkinligi bilan
tahdid qilgan edi. Husiylar harakatga kelganidan soʻng, koʻplab yuk tashish
kompaniyalari Qizil dengizdagi sayohatlarini toʻxtatishga qaror qilishdi.