03.08.2024 10:09
970

Eron davlat televideniesi: "Yaqin soatlarda dunyo juda muhim voqealarga guvoh boʻladi"

Eron poytaxti Tehronda HAMAS siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniyaning oʻldirilishi ortidan mintaqada keskinlik kuchaymoqda. Eron davlat televideniesi tomonidan qilingan bayonotda “Dunyo yaqin soatlarda juda muhim oʻzgarishlarga guvoh boʻladi”, degan jumlalardan foydalanildi. Eron Tashqi ishlar vazirligi maslahatchisi Seyid Muhammed Marandi Inqilob Qoʻriqchilari qoʻshiniga tegishli raketa suratini ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida baham koʻrib, “Tark eting. Kelyapti", dedi.

Boshqa tomondan, Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy urush vakolatlarini prezident Pezeshkiyanga topshirish haqidagi farmonni tasdiqlab, oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida "Sionistik rejim tugadi" degan yozuvni oʻz ichiga olgan oʻtgan yilgi postni joylashtirdi.

HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya Eron prezidenti Masud Pezeshkiyanning qasamyod marosimida qatnashish uchun Tehronga borganida oʻldirildi. Hujum ortidan Inqilob Qoʻriqchilari qoʻshini "Shubhasiz, Eron va qarshilik fronti Isroil rejimining bu jinoyatiga qattiq va ogʻriqli javob beradi", degan bayonotni eʻʻlon qildi.

Mavzuga aloqador