25.09.2025 10:42
203
Eron agentlari isroil yadroviy obъektiga kirib borgani aytilmoqda
Eron maxsus xizmatlari xodimlari isroildagi yadroviy obъekti hududiga kirib borishga muvaffaq boʻldi. Bu haqda Eron razvedka vaziri Ismoil Xotib maъlum qildi, deb xabar beradi SNN telekanali.
Uning taъkidlashicha, maxfiy yadroviy obъektga kirish Islom inqilobi muhofizlari korpusi xodimlari amalga oshirgan eng murakkab operatsiyalardan biri boʻlgan. Xotibning qoʻshimcha qilishicha, fors davlati razvedkasi toʻliq maъlumotlar paketini qoʻlga kiritgan — buning ichida deyarli 200 nafar isroillik harbiy ekspert va yadro olimlari haqidagi shaxsiy maъlumotlar, shuningdek ular bilan bogʻliq loyihalar ham mavjud.
Bundan tashqari, Eron maxsus xizmatlari Isroilning ikkilamchi maqsadda faoliyat yuritadigan maxfiy harbiy obъektlari haqida aniq maъlumotlarga ega boʻldi, deyiladi bu haqdagi xabarda.