Eng yaxshi Qurъon hofizi avtomobilь bilan mukofotlanadi, Chechenistonda
2025 yil 21 iyulь kuni Checheniston Respublikasida oʻtkaziladigan “Benoevskiy bahori – 2025” yubileyining oʻninchi festivali doirasida Qurъoni Karim qiroati boʻyicha tanlov boʻlib oʻtadi. “Grozniy-inform” axborot agentligining maъlum qilishicha, “Butun Qurъon” nominatsiyasi gʻolibi bosh sovrin sifatida yangi LADA Vesta avtomobilini qoʻlga kiritadi.
Tadbir respublikaning birinchi prezidenti Ahmad Qodirov nomidagi mintaqaviy jamoatchilik fondi tomonidan tashkil etilgan.
Shu jumladan, Qurъon qiroati tanlovi ishtirokchilariga taqdim etiladigan mukofotlarga alohida eъtibor qaratilgan. Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov tashkiliy qoʻmita yigʻilishida taъkidlashicha: “Bu mukofotlar haqiqatan ham munosiblarga berilishi kerak. Bu sohada ishtirok etayotganlar doimo chuqur bilim, samimiy iymon va dinga boʻlgan beqiyos muhabbatini namoyon qilib kelmoqda. Shuning uchun ularning hissasini alohida taъkidlash va munosib ragʻbatlantirish juda muhim.”
Tanlov toʻrt nominatsiya boʻyicha oʻtkaziladi, har bir nominatsiyada gʻoliblar katta pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Eng yaxshi Qurъon hofiziga LADA Vesta avtomobili topshiriladi.