21.08.2025 10:04
42
Endi juma namozini sababsiz qoldirganlar jazolanadi, Malayziyada
Malayziyaning Terengganu shtatida uzrsiz juma namozini oʻtkazib yuborgan musulmonlarga 3000 ringgit (taxminan 710 AQSh dollari) miqdorida jarima yoki ikki yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.
Ilgari jazo faqat ketma-ket uch juma namozini oʻtkazib yuborganlarga nisbatan qoʻllanilardi, biroq yangi oʻzgartirishlarga koʻra, bir marta oʻqimaganlik uchun ham jazo choralari koʻzda tutilgan.
Targʻibot ishlari doirasida Terengganu masjidlarida juma namozini oʻqishni eslatuvchi belgilar va bannerlar oʻrnatilishi rejalashtirilgan.
Axborot, targʻibot va shariat bilimlari boʻyicha davlat kotibi Muhammad Xalil Abdul Hodiyning taъkidlashicha, qonunning kiritilishi Islom anъanalariga hurmat tuygʻusini tarbiyalash va ayniqsa, yoshlarda din qadr-qimmatini saqlashga qaratilgan.
Shuningdek, yangi oʻzgartirishlarga koʻra, Ramazon oyida roʻza tutmaganlar hamda jamoat joylarida ayollarni bezovta qilgan shaxslarga nisbatan ham jazo choralari kuchaytirilgan.