29.05.2025 10:41
144
Emomali Rahmon oʻz oʻgʻlini Putindan "oq fotiha" olishga yubordimi?
Kecha, 28 may kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tojikiston rahbarining oʻgʻli, hozirgi vaqtda Milliy Majlis raisi lavozimini egallab kelayotgan Rustam Emomali bilan uchrashdi.
Milliy Majlisning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida qayd etilishicha, uchrashuvda strategik hamkorlikni mustahkamlash, parlamentlararo muloqotni rivojlantirish, gumanitar aloqalarni kengaytirish va mehnat migratsiyasi masalalari muhokama qilingan.
Xalqaro tahlilchilarga koʻra, prezident Emomali Rahmon oʻz oʻgʻlini Putinga Tojikistonning boʻlajak etakchisi sifatida taqdim etish uchun Moskvaga yuborgan.
Taъkidlash joiz, 72 yoshli Emomali Rahmonning hokimiyatdan voz kechishi toʻgʻrisidagi mish-mishlar oxirgi vaqtlarda faol muhokama qilinmoqda.
Manbalarga koʻra, hokimiyatning ehtimoliy tranziti haqidagi mish-mishlar fonida Tojikiston siyosiy elitalari ichida keskinlik kuchaymoqda. Xususan, Emomali Rahmonning ikki potentsial vorisi – uning oʻgʻli, parlamentning yuqori palatasi spikeri Rustam Emomali va uning qizi, prezident maъmuriyati rahbari Ozoda Rahmon oʻrtasidagi ziddiyat yanada avj olgan.