EI Rossiya aktivlaridan tushgan 5 mlrd evrolik daromadni Kievga bermaslikka qaror qildi
Evropa Ittifoqi Kiev kutayotgan Rossiya aktivlaridan olingan 5 mlrd evrolik daromadni saqlab qolishga qaror qildi. Ushbu mablagʻlar “yuridik xarajatlarni qoplash uchun” ushlab qolinadigan boʻldi.
Evropa
Ittifoqi Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushgan 5 mlrd evro miqdoridagi daromadni
Ukrainaga oʻtkazmaslikka qaror qildi. Yuridik xarajatlarni qoplash uchun
mablagʻlar ushlab qolinadi. Bu haqda Politico hali ommaga oshkor etilmagan tegishli
hujjatga tayanib xabar bermoqda.
Hozirda Rossiyaning muzlatilgan mablagʻlarining katta qismi
bosh qarorgohi Bryusselda joylashgan Euroclear xalqaro depozitariysi tomonidan boshqariladi.
Ushbu tashkilotga oʻtgan
yili va bir yil oldin mazkur
mablagʻlarni investitsiya qilishdan olingan daromadning bir qismini oʻzi uchun
saqlashga ruxsat berilgan.
Qayd
etilishicha, ushbu sxema boʻyicha 2024 yil 15 fevralgacha olingan pullar
Rossiya va boshqa davlatlardan joriy hamda potentsial daʻʻvolarni toʻlash
imkonini beruvchi bufer vazifasini bajaradi.
Depozitariy vakillari nashrga 2022 va 2023 yillar uchun
muzlatilgan Rossiya aktivlaridan olingan daromadlar «oddiy» daromadlardan
ajratilganini maʻʻlum qildi.
Xususan, ular aktsiyadorlarga taqsimlanmaydi va keyingi ogohlantirishgacha
saqlanadi.
Politico maʻʻlumotlariga koʻra, 2024 yilning fevraliga qadar
Rossiya kompaniyalari Rossiyada Euroclear hisob-kitob va kliring tizimiga qarshi
bloklangan mablagʻlarni qaytarishni talab qilib, 94 ta daʻʻvo arizasi bergan.
Avvalroq prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov Moskva muzlatilgan aktivlar
musodara qilinishi va ulardan Ukraina foydasiga foydalanilishiga jim qarab turmasligini aytgandi.
«Vedomosti»ning qayd etishicha, Kiev Evropa Ittifoqi qaroridan
norozi, deb yozadi Politico.
Ukraina adliya vaziri
Denis Malyuskaning fikricha, 5 mlrd
evro Euroclear uchun har qanday xavf qarshisida juda katta «bufer».
Depozitariy rahbariyati avvalroq jamgʻarma Ukrainadagi urush
natijasida 34 mln
evroga yaqin zarar koʻrganini daʻʻvo qilgan edi. Ayni paytda Euroclear jami 192 milliard
evrolik Rossiya davlat aktivlariga ega.