03.12.2024 07:55

Donalʻd Tramp: Yaqin Sharqni doʻzaxga aylantiraman


Donalʻd Tramp: Yaqin Sharqni doʻzaxga aylantiraman

AYShning saylangan prezidenti Donalʻd Tramp HAMAS isroillik asirlarni ozod qilmasa, Yaqin Sharqni doʻzaxga aylantirish bilan tahdid qildi.

Isroil genotsidini soʻzsiz qoʻllab-quvvatlayotgan Jo Bayden boshqaruvidan keyin yangi prezident etib saylangan Donalʻd Tramp ham Gʻazoga nisbatan tahdidli bayonotlar qilmoqda.

AQShning yangi prezidenti etib saylangan Donalʻd Tramp soʻnggi bayonotida "Agar 20 yanvarʻ kuni lavozimga kirishgunimga qadar Gʻazodagi garovga olinganlar ozod qilinmasa, Yaqin Sharq doʻzaxga aylanadi", dedi.

"Yaqin Sharqda shunday shafqatsizlarcha, gʻayriinsoniy va butun dunyo irodasiga qarshi garovga olinganlar haqida hamma gapirmoqda – lekin bular faqat soʻz, hech qanday harakat yoʻq! Bu HAQIQAT eslatma boʻlsin: 2025 yilning 20 yanvariga qadar garovga olinganlar ozod qilinmasa, men gʻurur bilan Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidenti lavozimini egallagan kunga qadar, Yaqin Sharqda va insoniyatga qarshi bu vahshiylik ortida turganlar uchun doʻzax boʻladi. Aybdorlar AQShning uzoq va magʻrur tarixidagi ayanchli tarzda jazolanadi. HOZIROQ GAROVGA OLINGANLARNI QOʻYIB YuBORING!" - deya tahdid qildi Tramp.

Donalʻd Tramp prezidentlik lavozimiga oʻtirmasidan turib ketma-ket tahdidlarni yogʻdirmoqda. Avvalroq BRIKSga aʻʻzo davlatlar dollarga muqobil valyutaga oʻtsa, barcha aʻʻzo davlatlarga AQSh bilan savdo aloqalari qiyinlashishi, 100 foizlik bojlar solinishi bilan tahdid qildi.

Kanadani esa migratsiyani toʻxtatmasa, AQShning 51-shtati boʻlishi bilan tahdid qildi. 

.

Mavzuga aloqador