02.12.2024 08:27
Tramp BRIKSga tahdid qildi
AQShning saylangan prezidenti Donalʻd Tramp BRIKSga aʻʻzo davlatlar dollarga muqobil valyuta yaratishga harakat qilsa, ularga 100 foizlik boj joriy etish bilan tahdid qildi.
Trampning soʻzlariga koʻra, BRIKS davlatlari ittifoqning yangi valyutasini yaratmaslikka va AQSh dollaridan boshqa valyutani qoʻllab-quvvatlamaslikka vaʻʻda berishlari kerak.
"Yoki ular 100 foizlik tariflarga duch kelishadi", deb tahdid qildi amerikalik siyosatchi va milliarder oʻzining Truth Social ijtimoiy tarmogʻida.
Uning qoʻshimcha qilishicha, dollar kursini tushirishga urinayotgan har qanday BRIKS davlati AQSh bilan xayrlashgan boʻladi.
Avvalroq Qozondagi BRIKS sammitida Rossiya prezidenti Vladimir Putin dollardan voz kechish yoki unga qarshi kurashish rejalarini inkor etgan, biroq birlashma Amerika valyutasiga muqobil yoʻl izlashga majbur ekanini, chunki ushbu mamlakatlarga dollarda savdo-sotiq qilishga ruxsat berilmaganini taʻʻkidlagan edi.