Devid Kemeronning Markaziy Osiyoga hashamatli samolyotda safari tanqid qilinmoqda
Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeronning Markaziy Osiyo boʻylab hashamatli shaxsiy samolyotda safar qilgani prokuratura va muholifat tanqidiga uchradi. TIV qimmatbaho samolyot ijaraga olingani boʻyicha izoh berdi.
Britaniya
tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Markaziy Osiyo boʻylab safari uchun 42 million
funt sterling turadigan hashamatli biznes-jet ijaraga olgani uchun tanqid
qilindi, deb yozadi Mirror nashri.
Oʻtgan
hafta Kemeron Embraer Lineage 1000 samolyotida Tojikiston, Qirgʻiziston,
Oʻzbekiston, Turkmaniston va Qozogʻistonga besh kunlik tashrif bilan bordi. Shuningdek,
u Moʻgʻulistonda ham toʻxtadi.
“Tushunamanki,
Devid Kemeron bir hafta davomida bir necha mamlakatlarga tashrif buyurish uchun
samolyot ijaraga olgan boʻlishi mumkin, ammo bu bozordagi eng hashamatli xususiy
reyslardan biriga soliq toʻlovchilarning yuz minglab funtlarini sarflashni
oqlamaydi", deb yozdi
muxolifatdagi bosh prokuror (Shadow Attorney General) Emili Tornberi oʻzining X ijtimoiy
tarmogʻidagi sahifasida.
Tashrif
arafasida, jumladan, Tashqi ishlar vazirligi rahbari Britaniya biznesi uchun
sarmoyaviy imkoniyatlarni kengaytirish niyatida ekani maʻʻlum qilindi.
Tashqi
ishlar vazirligi tanqidlarga javob berib, "ushbu holatda bu Birlashgan
Qirollik manfaatlarini taʻʻminlashning eng samarali usuli boʻlganini taʻʻkidladi.
Tashriflar toʻgʻrisidagi barcha qarorlarda narx va sifat mutanosibligi hisobga olinishi,
xarajatlar esa odatda shaffoflik nuqtai nazaridan eʻʻlon qilinadi”.
Oʻtgan
yili Britaniyaning sobiq tashqi ishlar vaziri Jeyms Kleverli Karib dengizi va
Lotin Amerikasi boʻylab sakkiz kunlik safari uchun xuddi shu turdagi samolyotdan
foydalangani uchun tanqid qilingan edi. Safar yakunlari boʻyicha TIVga taxminan 348
000 funt sterling miqdoridagi hisob qogʻozi taqdim etilgan.
Bosh vazir
Rishi Sunak ham OAVda Buyuk Britaniya boʻylab qisqa masofalarga samolyotda borgani
uchun tez-tez tanqid qilinadi.