CNN: HAMAS Gʻazo shimoli va markazida nazoratni tikladi
HAMASning
Gʻazo shimoli va markazidagi harbiy batalʻonlari oʻn oylik Isroil hujumlariga
qaramasdan, jangovar salohiyatining bir qismini tikladi. Tegishli maʻʻlumotlar
Urushni oʻrganish instituti, Amerika tadbirkorlik institutining “Kritik tahdidlar”
loyihasi va CNN qoʻshma hisobotida keltirilgan.
24 iyulʻ
kuni Kongressning qoʻshma majlisida soʻzga chiqqan Isroil bosh vaziri Benʻyamin
Netanyaxu HAMAS ustidan «Gʻalaba yaqin” ekaniga ishontirgandi, biroq harbiy
ekspertlar boshqacha fikrda.
HAMASning
harbiy amaliyotlarini erdan olingan tasvirlar, ekspertlar va guvohlar bilan
suhbatlar asnosida oʻrganishlar Isroil rahbarining daʻʻvolarini shubha ostiga
qoʻyadi. Iyulʻ oyigacha HAMAS faoliyatini qamrab olgan tadqiqot shuni koʻrsatadiki,
Falastin harakati erdagi kamayib borayotgan resurslardan unumli foydalanmoqda.
“Isroilliklar
tozalangan hududlar haqida gapirishadi, lekin ular bu hududlarni toʻliq
tozalashmagan, ularni [HAMAS arslonlarini – tahr.] umuman engishmagan. HAMAS
jang qilishga tayyor, HAMAS jang qilishni xohlaydi”, - dedi “Kritik tahdidlar”
loyihasining Yaqin Sharq boʻyicha eksperti va Urushni oʻrganish instituti bilan HAMAS
va Isroil oʻrtasidagi harbiy faoliyat namunalari boʻyicha qoʻshma tadqiqot direktori Brayan
Karter.
Ekspertlarning xulosalariga koʻra, HAMASning qamal ostidagi eksklav shimoli va
markazida 8 ta toʻliq quvvat bilan ishlayotgan va 13 ta tanazzulga uchragan batalʻoni
mavjud.
Hisobot
uchun intervʻyu bergan amerikalik harbiy ekspertlar Isroilning shafqatsiz
bombardimon kampaniyasi va urushdan keyingi rejaning yoʻqligi HAMASning harbiy
qayta tiklanishiga yordam berganini aytishdi.
"Biz
yanvarʻ oyida Isroil Gʻazo shimolidan chiqib ketganidan keyin bir hafta oʻtmay
HAMASning qayta tiklanishini koʻra boshladik", - dedi Karter.
Iyulʻ oyi
oʻrtalarida Isroilning The Times of Israel gazetasi Isroil armiyasi hisobotining
mazmunini eʻʻlon qildi, unda HAMAS toʻqqiz oylik urushga qaramay, oʻz harbiy
infratuzilmasining katta qismini saqlab qolgani va Falastin harakatining
tunnellar tarmogʻi hali ham yaxshi holatda faoliyatini davom ettirayotgani aytiladi.
Eslatib oʻtamiz, yanvarʻ oyida Isroil armiyasi HAMASning Gʻazodagi tunnellar tarmogʻi uzunligi 350 dan 450 milyagacha boʻlgan, bu “taxmin qilinganidan ancha katta” deb hisoblagan edi. Mudofaa vazirligi vakilining Isroil gazetasiga aytishicha, tunnellarni demontaj qilish yillarga choʻzilishi mumkin.