02.02.2024 12:05

Chikago shahar kengashi Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi

Chikago shahar kengashi Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi va Chikago Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatishga chaqirgan AQShning eng yirik shahriga aylandi. Majlis keskin ruhda oʻtdi, ayrimlar baqir‑chaqir qildi, baʻʻzilar kuch bilan zaldan olib chiqib ketildi.

Chikago shahar kengashi Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi, deya xabar bermoqda CBS Chicago telekanali. Tasvirlarda kengash majlisi vaqti-vaqti bilan keskinlashgani, zaldagi odamlarning baqir‑chaqir qilgani, baʻʻzilarining esa xonadan majburan chiqarib yuborilganini koʻrish mumkin.

Kengashdagi ovoz berish dramatik tus oldi, shahar meri Brandon Jonson hal qiluvchi ovoz berdi. Qayd etilishicha, kengash qarorlari odatda tez va tortishuvlarsiz qabul qilingan, ammo ushbu rezolyutsiya uchun kengash bir necha oy sarflagan.

Chikago Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatishga chaqirgan AQShning eng yirik shahriga aylandi.

Mavzuga aloqador