16.03.2025 12:54

Buyuk Britaniya taъlim tizimini endi musulmon rahbar nazorat qiladi

2025 yil 14 mart kuni Hamid Patel Ofsted (Ofsted) — Angliyaning taъlim standartlari boʻyicha masъul organining vaqtinchalik raisi lavozimiga tayinlandi. Bu tayinlov Britaniya tarixida birinchi marta musulmon shaxsining ushbu muhim lavozimni egallashi hisoblanadi. 


Patel kelgusi besh oy davomida Angliya maktablari va taъlim muassasalarini inspektsiya qilish hamda akademik taъlim rivojlanishi uchun strategik rejalashtirishni nazorat qiladi. 


Hamid Patel taъlim sohasida katta tajribaga ega boʻlgan rahbar hisoblanadi. U 2010 yildan beri Star Academies Trust rahbari sifatida faoliyat yuritib, ushbu dargohni mamlakatdagi eng yuqori baholangan taъlim muassasalaridan biriga aylantirdi. Uning rahbarligidagi maktablar bir necha bor Ofsted tomonidan “oʻta yuqori” deb baholangan.


Ofsted — Angliyaning taъlim, bolalarga gʻamxoʻrlik va mahorat sohalaridagi standartlarni nazorat qiluvchi mustaqil organ. U maktablar, bolalar bogʻchalari, kollejlar va boshqa taъlim muassasalarini inspektsiya qilib, ularning sifatini baholaydi hamda rivojlantirish boʻyicha tavsiyalar beradi.

Mavzuga aloqador