06.05.2025 18:12
91
Buyuk Britaniya Rossiyaning ehtimoliy hujumiga tayyorgarlikni boshladi
Buyuk Britaniya hukumati Rossiyaning ehtimoliy harbiy hujumga tayyorgarlik koʻrmoqda va urush holatidagi harakatlar boʻyicha yangi reja ustida ishlamoqda. Bu reja 2005 yildan beri ilk bor qayta koʻrib chiqilmoqda, deb yozmoqda The Telegraph.
Maъlum qilinishicha, hujjat “Milliy mudofaa rejasi” deb nomlanadi va mojaro boshlangan dastlabki kunlarda amalga oshirilishi lozim boʻlgan harakatlar tartibini belgilaydi.
Xususan, hujjatda hukumat urush eъlon qilinsa qanday choralar koʻrishi, mamlakatni harbiy holatda qanday boshqarishi kerakligi bayon etilgan. Shuningdek, vazirlar mahkamasi aъzolari va qirollik oilasini himoya qilish uchun moʻljallangan bunkerlar, temir yoʻl va avtomobilь infratuzilmasi, fuqarolik flotlari, pochta va telefon tarmoqlaridan foydalanish tartibi koʻzda tutilgan.
Rejada ommaviy axborot vositalari faoliyatini tashkil etish va zarur resurslarni jamgʻarish masalalari ham aks ettirilgan.
Bundan tashqari, hujjatda mojarolarning bir nechta boshlanish stsenariylari keltirilgan. Jumladan, Buyuk Britaniyaga oddiy yoki yadroviy raketalar orqali hujum boʻlishi hamda 2005 yilda dolzarb boʻlmagan, ammo bu safar batafsil yoritilgan kiberurush stsenariysi ham mavjud.