19.01.2024 17:19

Burkina-Fasoda hukumatni agʻdarishga uringan jinoiy guruh qoʻlga olingani maʻʻlum qilindi

Afrikadagi Burkina-Faso davlatida prezident Ibrohim Traoreni hokimiyatdan agʻdarmoqchi boʻlgan jinoiy toʻda qoʻlga olindi. Ibrohim Traorening oʻzi 2022 yil sentyabrida  polkovnik Pol-Anri Sandaogo Damibani, Damiba esa yanvarʻ oyida prezident Roch Mark Kristian Kaboreni agʻdarib, hokimiyatni egallagan edi.

Afrikadagi Burkina-Faso davlatida prezident Ibrohim Traoreni hokimiyatdan agʻdarmoqchi boʻlgan jinoiy toʻda qoʻlga olindi.

Hukumat matbuot kotibi Jan-Emmanuel Ouedraogo oʻz bayonotida 14 yanvarʻ kuni oʻtish davri hukumatiga qarshi davlat toʻntarishini rejalashtirgan jinoiy guruh aʻʻzolari qoʻlga olinganini maʻʻlum qildi.

Ouedraogo davlat toʻntaruviga uringan jinoiy guruhga koʻplab harbiylar, tinch aholi va faollar jalb qilingani, tergov jarayoni davom etayotganini qayd etdi.

Hozirgi oʻtish davri hukumati rahbari kapitan Ibrohim Traore 2022 yil 30 sentyabrda davlat toʻntarishi bilan hokimiyatga kelgan polkovnik Pol-Anri Sandaogo Damibani agʻdarib, prezidentlik lavozimini egalladi.

Damiba esa 2022 yil yanvarida oʻsha paytdagi prezident Roch Mark Kristian Kaboreni agʻdarib, hokimiyatni egallab oldi. 

Mavzuga aloqador