29.05.2024 11:07
Bryussel talabalari oʻz maqsadiga erishdilar
Bryussel erkin universiteti ilmiy kengashi 7 maydan buyon davom etib kelayotgan talabalar noroziligi ortidan Isroil universitetlari bilan tuzilgan barcha shartnoma va loyihalarni toʻxtatishga qaror qildi. Isroil Xalqaro sudning Rafahga qilingan hujumlarni zudlik bilan toʻxtatish, gumanitar yordamlarning kirishiga toʻsiq boʻlmaslik qarorlariga amal qilsa, munosabatlar qayta tiklanishi mumkin.
Belʻgiyadagi Bryussel erkin universiteti (Université Libre de Bruxelles) Isroil universitetlari bilan tuzilgan barcha shartnoma va loyihalarni toʻxtatdi. Aytilishicha, Isroil Xalqaro sudning Rafahga qilingan hujumlarni zudlik bilan toʻxtatish, gumanitar yordamlarning kirishiga toʻsiq boʻlmaslik qarorlariga amal qilsa, munosabatlar qayta tiklanadi.
Bayonotda, agar Isroil Xalqaro Sudning 24 may kuni qabul qilgan qarorlariga amal qilsa shartnomalar qayta kuchga kirishi keltirilgan.
Shuningdek, Rafahga qilingan hujumlarni zudlik bilan toʻxtatish, gumanitar yordamlarning kirishiga toʻsiq boʻlish va BMT xodimlarining Gʻazoga kirishi uchun jinoyatlarni tergov qilishiga ruxsat berishni talab qilgan qarorlariga amal qilsa, munosabatlar qayta tiklanadi.
Ilmiy kengash qarori 7 maydan boshlab talabalar shaharchasidagi binolardan birini egallab olgan va talablari qondirilgunga qadar shu erda qolgan talabalarning noroziligi natijasida qabul qilindi.
Eslatib oʻtamiz, Gʻarbdagi tobora koʻproq turli universitetlar Isroil universitetlari bilan aloqalarini toʻxtatmoqda. Bu Gʻarbdagi talabalarning ommaviy norozilik harakati tufayli sodir boʻldi.